USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Mercedes-Benz'ga qarşi tergov tugadi. Evaziga u 150 mln dollar tölaydi

149 марта

Mercedes-Benz'ga qarşi tergov tugadi. Evaziga u 150 mln dollar tölaydi

Keça, 22 dekabr kuni Nyu-York ştati boş prokurori Letitsiya Jeyms Mercedes-Benz kompaniyasi avtomobillarga havo ifloslantiriş darajasini past körsatadigan soxta dastur örnatgani yuzasidan tergov yakunlanganligini malum qildi. Bu haqda “The Nyu-York Times” xabar berdi.

Qayd etilişiça, Germaniya avtomobil işlab çiqaruvçisi dizel yoqilğisi çiqindilarini soxtalaştiriş bilan boğliq uzoq davom etgan tergovni yakunlaş maqsadida AQŞ ştatlari bilan 149,6 million dollarlik kelişuvga erişgan. Uşbu kelişuv AQŞdagi dizel dvigatellar bilan boğliq huquqiy mojarolarga nuqta qöyişi kutilmoqda. Mojaro ilk bor 2015 yil sentyabrida Volkswagen atrofida yuzaga kelgan va “Dieselgate” nomi bilan tanilgan edi.
AQŞning 48 ştati, şuningdek Puerto-Riko va Kolumbiya okrugi bilan tuzilgan bitimga köra, Mercedes-Benz çiqindi tizimlari majburiy tamirdan ötkazilgan dizel avtomobillari egalari va ijaraçilariga jami 149,6 million dollar tölaydi. Şuningdek, har bir zararlangan avtomobil uçun 2000 dollargaça kompensatsiya ajratiladi.


Kompaniya dizel avtomobillariga maxfiy noqonuniy dasturiy taminot örnatgan. Uşbu dastur davlat sinovlari vaqtida çiqindilar miqdorini suniy ravişda kamaytirib körsatgan, biroq avtomobilni haydaş vaqtida avtomobillar ruxsat etilgan meyordan 30-40 baravar yuqori ifloslantiruvçi gazlarni çiqargan.

Virjiniya ştati boş prokurori Jeyson Miyaresning aytişiça, kelişuv 2023 yil avgustiga qadar tamirlanmagan yoki foydalanişdan çiqarilmagan 39 565 ta avtomobilga taalluqlidir. Kompaniya har bir bunday transport vositasi uçun tasdiqlangan emissiya modifikatsiyasi dasturini örnatiş xarajatlarini qoplaydi, kengaytirilgan kafolat taqdim etadi hamda istemolçilarga qöşimça tölov amalga oşiradi.

Mercedes-Benz vakili mazkur kelişuv kompaniyaning asosiy moliyaviy körsatkiçlariga tasir körsatmasligini, barça xarajatlar uçun yetarli zaxira ajratilganini bildirdi. Şuningdek, kelişuvlar sud tomonidan yakuniy tasdiqlanişi lozimligi qayd etildi.
Malumot örnida, 2020 yilda Mercedes-Benz AQŞ hukumati va qariyb 250 ming nafar avtomobil egasi bilan dizel çiqindilari böyiça davolarni hal qiliş uçun 2,2 milliard dollar tölaşga rozi bölgan edi.


Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: