Isroilning keyingi nişoni qaysi davlat bölişi aytildi
30-06-2025, 13:37
80 марта

Isroilning keyingi nişoni qaysi davlat bölişi aytildi
Eronga hujumdan keyin xalqaro jamoatçilik Isroilning keyingi harbiy nişoni qaysi davlat bölişini muhokama qilmoqda.Amerikalik sobiq diplomat Çarlz Frimanning fikriça, endilikda Tel-Aviv mintaqadagi eng kuçli davlat – Turkiyani sindirişga harakat qiladi.
Isroil mintaqada mutlaq yetakçi bölişga qaratilgan strategiyani bosqiçma-bosqiç amalga oşirmoqda. Frimanga köra, yahudiy davlati sönggi beş yil davomida Yaqin Şarqdagi yetti davlatni tiz çöktirişga intildi va Eronga qarşi uruş bilan bu stsenariy yakunlandi.
“Ayni paytda Isroil doiralarida Eronga hujum şunçaki repetitsiya bölgani, asl nişon esa Turkiya ekani haqidagi fikr qizğin muhokama qilinmoqda. Ular Turkiyani mahv etiş kerak deb hisoblaşadi”, – deydi amerikalik sobiq elçi.
Diplomat Isroil hozirda dunyodagi xalqaro huquqni namoyişkorona buzayotgan davlat bölib qolayotgani, mintaqa davlatlari uyğonmagunça uni töxtatib bölmasligini takidlagan.
Isroil 2023 yil 7 oktyabrdan buyon Ğazo sektorida amalga oşirayotgan qonli uruşni Turkiya rahbariyati keskin tanqid qilib kelmoqda. Eronga uyuştirilgan hujumni ham Turkiya qattiq qoraladi.
Ğazoda tinç aholi orasida qurbonlar soni oşib borişi fonida Anqara va Tel-Aviv diplomatik ziddiyati kuçaymoqda.
Isroilning keyingi harbiy nişoni Turkiya bölişi mumkinligi haqidagi fikr faqat Çarlz Frimanga tegişli emas.
Yaqinda isroillik jurnalist Eyal Berkoviç efirda TsAXAL Eron va HAMASdan keyin Turkiyaga hujum qilişiga şama qildi.
“Bugun şunday latifa eşitib qoldim: çorak finalda HAMAS bilan durang öynadik va penaltilar seriyasiga köra ular ustidan ğalaba qozondik. Yarim finalda Eronni doğda qoldirdik. Finalda esa Turkiya bilan öynaymiz”, – deya Isroil olib borayotgan harbiy harakatlarni futbol öyiniga öxşatgan jurnalist E.Berkoviç.
“Bilsa hazil, bilmasa çin” qabilida aytilgan uşbu gap Turkiya jamoatçiligini darğazab qildi.
Isroil teleradioeşittiriş korporatsiyasi sobiq raisi Yoni Ben-Menaxem ham “Bizning keyingi duşmanimiz – Turkiya. Turkiya kuçli armiya va qudratli davlatga ega. Turk xalqi bilan aloqalarni tiklaş oson bölmaydi va biz qatiy harakat qilişimiz kerak”, – deya fikr bildirgan.
Yahudiy davlati Turkiyaga hamla qilişi mumkinligi haqida muhokamalarga boş vazir Binyamin Netanyahuning bayonoti ham malum manoda olovga moy sepgandek tasir körsatdi.
Eronga qarşi hujum arafasida Binyamin Netanyahu Argentina prezidenti Xaver Miley bilan uçraşib, rasmiy Anqaraga öziga xos mujda yölladi.
“Imperiya (Usmoniylar davlati nazarda tutilmoqda – tahr.) yaqin muddatda tiklanişiga işonmayman, ammo bu fikrimga qarşi çiqadiganlar ham bor”, – degan Netanyahu.
Tagdor bayonot Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğonga qaratilganini seziş qiyin emas.
Eronlik jurnalist Xayol Muazzin ham Tel-Aviv Tehrondan keyin Anqaraga hujum uyuştirişi haqidagi farazni ilgari surgan.
“Turkiya ham ehtiyot bölmoği lozim”, – deya ogohlantirgan u.
Darvoqe, prezident Erdöğonning özi ham ötgan yil oktyabr oyida Isroil Falastin va Livandan keyin Turkiya yerlari, Onadöliga köz tikişi mumkinligidan gap oçgandi.
“Isroil agressiyasi Turkiyaga ham qaratiladi. Biz vatanimiz uçun, mustaqilligimiz uçun kelgusida ham barça vositalarni işga solgan holda uşbu bosqinçilikka qarşi kuraşamiz. Badali har qança oğir bölmasin, Turkiya Isroilga qarşi çiqadi va dunyo ahlini ham ana şu şarafli maqomda bölişga undaydi”, – degan edi Erdöğon.
Tahlilçilarga köra, sönggi vaqtlarda Turkiyaning Yaqin Şarqdagi nufuzi oşib borayotgani Isroilga yoqmayotir. Joriy yil aprel oyida Netanyahu AQŞ prezidenti Donald Trampga Suriyada Turkiyaning tasiri oşib borayotganidan şikoyat qilgani va Anqaraga bosim ötkazişni söragani malum. Ammo öşa gal Tramp Netanyahuning rayini qaytargan.