Erdöğon Netanyahuning Eronga hujumdan közlagan maqsadini oçiqladi
17-06-2025, 12:30
871 марта

Erdöğon Netanyahuning Eronga hujumdan közlagan maqsadini oçiqladi
Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahuning Eronga hujum uyuştirişdan közlagan asosiy maqsadi xalqaro hamjamiyat etiborini Ğazodagi genotsiddan çalğitişdir, deb hisoblaydi Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğon.Turkiya yetakçisi bu haqda Kuvayt amiri Şayx Mişal as-Saboh bilan telefon orqali muloqotda takidlagan.
Erdöğon Isroilning Eronga qarşi hujumi mintaqa xavfsizligiga katta tahdid ekani, yadro dasturi muammosini diplomatik muzokara yöli bilan hal etiş lozimligini qayd etgan.
Muloqot davomida Ğazo sektorida davom etayotgan xunrezlik yana bir karra qoralangan.
13 iyun tongida Isroil armiyasi tomonidan Eron hududiga hujum uyuştirilgani ortidan Tel-Aviv va Tehron amalda real uruş holatida qolmoqda.
Şarqşunos Ruslan Sulaymonov ham Germaniyaning DW radiosiga bergan intervyusida Isroilning hujumidan közlangan maqsad dunyo hamjamiyati etiborini Ğazo sektoridan boşqa hududga yönaltiriş degan fikrni ilgari surgan.
“Sönggi vaqtlarda (Frantsiya prezidenti Emmanyuel) Makron, (Germaniya kantsleri Fridrix) Merts va yevropalik boşqa siyosatdonlar Ğazoda köp sonli tinç aholi vakillari ölimi sabab Netanyahuni oçiq tanqid qila boşlagan edi. Endilikda bu (Ğazo masalasi nazarda tutilmoqda – tahr.) kun tartibidan tuşdi. Şubhasiz, bu vaziyatdan eng köp foyda körayotgan şaxs Netanyahudir”, – deydi Ruslan Sulaymonov.
Ekspertning fikriça, Isroil boş vaziri Ğazo sektoridagi harakatlari sabab tanqidlar kuçaygan paytda vaziyatni beqarorlaştiriş usulidan avval ham foydalangan.
Netanyahu Eronga qarşi harbiy amaliyot boşlar ekan, Tehron yadro quroli yaratişga juda yaqin kelib qolganini iddao qilgan. Eron rahbariyati bu iddaoni rad etib, tinç maqsadga qaratilgan yadro dasturiga ega böliş uning suveren huquqini ekanini aytmoqda.
Yaqin Şarq böyiça mutaxassis, siyosiy fanlar doktori Ori Goldberg “Al-Jazira” naşrida çop etilgan maqolasida Tel-Avivning Tehron yadro quroli yaratişga yaqin qolgani haqidagi davosini tasdiqlovçi biror dalil yöqligiga etibor qaratgan.
Ori Goldberg ham Eronga qarşi amaliyot sababi sifatida “dunyo diqqat-etiborini Ğazodagi misli körilmagan oğir vaziyatdan çalğitiş”ni körsatgan.
“Ğazodagi genotsid uruşi fonida Netanyahu mamuriyati (vaziyatdan çiqiş uçun) variantlar tugayotganini yaxşi bilar edi. Binobarin, xalqaro hamjamiyat, şuningdek, mintaqaviy ittifoqçilar ham Isroilni oçiq tanqid qilişga tuşgandi. Ayrim davlatlar bir tomonlama çoralar körişga, jumladan, Falastin davlatini tan olişga hozirlik körayotgandi... (Eronga qarşi uruş) Isroilning dunyoni öz atrofida birlaştirişga qaratilgan urinişidir. Bu esa Isroil davlati unga berilgan mutlaq jazosizlik vakolatidan mahrum etilayotgan pallaga töğri kelmoqda”, – deydi Goldberg.
Siyosatşunos Eronga qarşi uruş boşlangaç, Netanyahuning içki muxoliflari ham uni dastaklayotgani, demakki, u maqsadiga yetganini qayd etgan.
Malumot örnida: Isroil Eronga qarşi uruş bilan parallel ravişda Ğazo sektoriga hujumlarni ham davom ettirmoqda. Jahon axborot agentliklari xabariga köra, sönggi kunlarda ham Ğazo sektorida yuzlab tinç aholi vakillari halok böldi. Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban Ğazoga bostirib kirgan 2023 yil 7 oktyabrdan buyon 55432 nafar falastinlik halok böldi. Falastin tomoni Isroil–Eron ixtilofi fonida xalqaro hamjamiyat Ğazodagi qurbonlar va gumanitar halokatga etibor qaratmayotganidan norozi.
Tel-Aviv va Tehron esa özaro raketa zarbalari berişda davom etmoqda.
Avval xabar berganimizdek, AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga yadroviy qurolga ega bölişga urinişdan voz keçiş böyiça bitimni imzolaş uçun “sönggi imkoniyat”ni taklif qilişi kutilmoqda.