Janubiy Koreya Prezidenti Şimoliy Koreya bilan birlaşişni taklif qildi
4-07-2025, 00:07
127 марта

Janubiy Koreya Prezidenti Şimoliy Koreya bilan birlaşişni taklif qildi
Janubiy Koreya Prezidenti Li Çje Myon mamlakat konstitutsiyasida körsatilganidek, Koreya Xalq Demokratik Respublikasiga (KXDR) tinç yöl bilan birlaşuv tarafdori ekanini aytdi. Bu haqda davlat rahbari jurnalistlar bilan bölib ötgan matbuot anjumanida söz oçdi.U şimoliy va janubiy qism hatto yuzlab yillar ötgaç ham birlaşişi mumkinligini takidlagan.
“Konstitutsiyamizda tinç yöl bilan birlaşuvga intiliş deyilgan, qöşib oliş emas. Kimga yoqadi bosib oliş? Bunday uriniş katta qurbonlarga olib keladi. Iloji boriça bir-birimizning mavjudligimizni tan olib, özaro manfaatli yöldan borişimiz kerak”, degan davlat rahbari.U 1953 yilgi uruşdan beri 80 yil ötgani, ammo bu tarix nuqtayi nazaridan unçalik uzoq muddat emasligini takidlagan.
“Agar asta-sekin umumiylikni tiklasak, yuzlab yillar ötgaç ham birlaşişimiz mumkin”, degan Li Çje Myon.Şuningdek, Prezident propaganda eşittirişlarining tugaşi masalasiga ham töxtalib ötgan. U Janubiy Koreyada joylaşgan taşviqot ovoz kuçaytirgiçlarini öçirişni buyurganidan söng, KXDR öz tarafidagi şovqin uzatiş qurilmalarini töxtatganini mamnuniyat bilan qayd etgan.
“Reaktsiya juda tez böldi va bu men kutganimdan ham yaxşiroq”, degan Koreya rahbari.