Ekspert: «Endi Rossiya Ozarbayjonga katta oğalik qilolmaydi»
5-07-2025, 20:41
572 марта

Ekspert: «Endi Rossiya Ozarbayjonga katta oğalik qilolmaydi»
Xabaringiz bor, sönggi kunlarda Ozarbayjon va Rossiya örtasidagi munosabatlar keskinlaşdi.Diplomatik taranglikning ortişiga 27 iyun kuni Yekaterinburgda ozarbayjon millatiga mansub 50 dan ortiq şaxs qölga olingani, hibsga oliş payti ikki kişi halok bölgani, yana bir neça kişi jarohatlangani sabab böldi.
Aslida, Rossiya huquq-tartibot idoralarining postsovet davlatlari fuqarolarini hibsga oliş çoği qonun talablarini namoyişkorona buzişi avval ham köp kuzatilgan. Ammo bu gal Ozarbayjon Rossiya tomoniga keskin etiroz bildirdi va holat böyiça aybdorlarni javobgarlikka tortişni talab qildi.
Ozarbayjon soğliqni saqlaş vazirligi Yekaterinburgdagi migratsion reydda halok bölgan ikki ozarbayjonlikning ölimiga oğir tan jarohatlari sabab bölgani haqida bayonot berdi. Ozarbayjon boş prokuraturasi holat yuzasidan jinoiy iş ham qözğatdi.
Bu orada Ozarbayjon rasmiy idoralari Rossiyaning yetakçi propaganda agentligi — «Sputnik Ozarbayjon»ning Bokudgi ofisida tezkor tadbir ötkazdi va ikki kişini qölga oldi. Ozarbayjon matbuoti qölga olinganlarni Rossiya Federal xavfsizlik xizmati (FSB) agentlari deb yozdi.
Öz navbatida, Rossiyada ham ozarbayjon diasporasiga mansub bir neça şaxs qölga olindi.
Moskva va Boku örtasida diplomatik munozara davom etmoqda.
Albatta, Moskvaga bir paytlar öz nazoratida bölgan Ozarbayjonning qatiy ravişda etiroz bildirayotgani yoqmasligi tabiiy. Hozir ham Rossiya rasmiylari Ozarbayjonning harakatlarini «demarş» deb baholamoqda. Tahlilçilar esa tobora geosiyosiy jihatdan mustaqil siyosat yuritişga urinayotgan Ozarbayjon Rossiyaning «katta oğalik» qilişiga ortiq toqat qilmasligini aytmoqda.
DW tahlillariga qaraganda, sirtdan qaraganda Ozarbayjon iqtisodiy jihatdan Rossiyaga boğliq. 2024 yilda ikki davlat örtasidagi savdo aylanmasi 4,8 milliard dollarni taşkil etgan.
Bunda Ozarbayjon eksporti 1,2 milliard dollar, Rossiya importi esa 3,6 milliard dollarga töğri kelgan. Şu tariqa Rossiya Ozarbayjonning asosiy savdo hamkorlari röyxatida Italiya (11,39 milliard dollar) va Turkiyadan (6,13 milliard dollar) keyin uçinçi örinni egallagan.
Rossiyaning Ozarbayjon taşqi savdo aylanmasidagi uluşi 10 foizni taşkil etsa, Ozarbayjonning Rossiya taşqi savdosidagi uluşi atigi 0,6 foizni taşkil etadi.
Moskvadagi Xalqaro savdo tadqiqotlari markazi direktori Aleksandr Knobelning fikriça, agar Rossiya bozorini yopgudek bölsa, Ozarbayjon öz mahsulotlarini sotiş uçun yangi bozorlar qidirişga majbur bölişi, qişloqlarda işsizlik ortişi mumkin.
Mintaqaviy tahlilçi Kirill Krivoşeyev esa misli körilmagan sanktsiyalarga mahkum etilgan Rossiya uçun Ozarbayjon bilan savdo aloqalari öta muhim ahamiyat kasb etadi deb hisoblaydi.
«Rossiya Ukraina bosqini ortidan Yevropaning katta qismiga mahsulot eksporti imkonini yöqotgaç, rus neft va gazini Ozarbayjon orqali sotiş hajmi oşdi», — dedi K.Krivoşeyev.
Rossiya sanktsiyaga uçragan harbiy-sanoat majmuasi uçun zarur tovarlarni olişda ham Ozarbayjon kömagiga muhtoj.
Moskva Eron va Fors körfazi davlatlariga mahsulotlarini ötkazişda ham Ozarbayjon hududidan foydalanadi.
«Şimol-Janub» transport koridoridan ötuvçi temiryölni rivojlantirişda ham Moskva va Boku hamkorligi muhim örin tutadi.
Savdo-iqtisodiy omillar köp, albatta. Ammo tahlilçilar hozirgi ziddiyatga savdo-iqtisodiyot prizmasidan emas, balki Ozarbayjonning geosiyosiy mustaqilligi fokusidan qaraş töğriroq ekanini takidlaşmoqda.
«Bokuning Moskvaga çaqiriği mintaqada kuçlar muvozanati özgarayotganidan dalolat beradi. Ozarbayjon özini ança mustaqil öyinçi sifatida namoyiş etmoqda. Boku endilikda hamma narsaga yon beradigan kiçik hamkor rolini öynamoqçi emas. Bu xorijlik siyosatdonlar uçun muhim nuqtadir, yani Moskvaning ojiz nuqtalari körinib qolmoqda, mintaqaviy davlatlar uning tasiri borasida oçiq bahsga kirişmoqda», — deydi Vaşingtondagi Kennan instituti eksperti Maksim Trudolyubov.
Ekspert Zaur Şiriyev ham Boku endilikda «tobe hamkor» roliga qanoat qilmaydi, deb hisoblaydi.
Qayd etilişiça, Kremlning postsovet makonida asosiy öyinçi bölişga intilişi Janubiy Kavkazdagi kuçli iqtisodiyot va katta armiyaga ega Ozarbayjon strategiyasiga töğri kelmayapti.
Xalqaro inqiroz guruhining katta tahlilçisi Joşua Kuçera fikriça, prezidentlar Vladimir Putin va Ilhom Aliyevning mafkuraviy pozitsiyalarida muştarak nuqtalar mavjud. Masalan, Boku ham Moskva kabi Ğarbning gegemonligini zaiflaştiriş tarafdori. Şunga köra, u ziddiyat uzoq davom etmasligi haqidagi farazni ilgari surgan.
Moskva va Boku munosabati Rossiyadagi sönggi hibslar ortidan taranglaşgan bölsa-da, ötgan yil oxirida röy bergan aviahalokat ham oraga kuçli sovuqçilik tuşişiga sabab bölgandi.
Azerbaijan Airlines kompaniyasiga qaraşli samolyot 2024 yil 25 dekabr kuni Qozoğiston ğarbidagi Oqtov şahri yaqinida qulab tuşgan, oqibatda önlab yölovçi va ekipaj azolari halok bölgan edi.
Halokatning ilk daqiqalaridayoq Bokudan Grozniyga parvoz qilayotgan Embraer 190 uçoği Rossiyaning havo hujumidan mudofaa tizimi orqali urib tuşirilgani haqida taxmin ilgari surildi.
Uçoq halokatidan söng Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyaga taşrifini bekor qilgandi.