Putin Eronga uranni boyitişni töliq töxtatişni taklif qildi – OAV

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donald Tramp va Eron rasmiylariga Eron uranni boyitişni butunlay töxtatadigan yadroviy kelişuv ğoyasini qöllab-quvvatlaşini aytdi, deb yozdi Axios muzokaralardan xabardor bölgan manbaga tayanib.
Rossiya uzoq vaqtdan beri Eronning yadroviy dasturini qöllab-quvvatlovçisi bölib kelgan va Tehronning uranni boyitiş huquqini oçiqçasiga himoya qilgan.
Biroq, Isroil va Eron örtasidagi 12 kunlik uruşdan söng, Putin şaxsan Eronni uranni boyitişdan voz keçişga çaqirib, keskinroq pozitsiyani egalladi, deb yozdi naşr.
Moskva ham Isroil hukumatini hozirgi pozitsiyasi haqida xabardor qilgan. «Biz bilamizki, Putin buni eronliklarga aytgan», dedi Isroilning yuqori martabali amaldori.
13 iyun kuni Isroil yadroviy inşootlar, yuqori martabali amaldorlar va yadro olimlarini nişonga olib, Eronga zarba bera boşladi. Eron bunga javoban Isroil hududini öqqa tutdi. 22 iyun kuni Qöşma Ştatlar Eron yadroviy inşootlariga bir martalik zarba berdi va ikki kundan söng öt oçişni töxtatiş rejimi elon qilindi. Rasmiy malumotlarga köra, Isroil hujumlarida 935 nafar eronlik halok bölgan bölsa, Eronning Isroilga bergan javob zarbalarida 28 kişi halok bölgan.