12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qişloqqa yaqinlaşdi
14-07-2025, 08:33
569 марта
12 mln tonnalik aysberg Grenlandiyadagi qişloqqa yaqinlaşdi Titanik ölçamidagi ulkan aysberg Grenlandiyaning Inaarsuit qişloğiga xavfli darajada yaqinlaşdi. Bu haqda New York Post xabar berdi.
Muz massasi bir neça kundan buyon qişloq tomon siljib bormoqda. Mahalliy hokimiyat aholini ogohlantirgan va ehtiyot çorasi sifatida baliq zavodi hamda dökonni vaqtinça yopgan.
Agar muz bölagi qirğoqqa urilsa yoki parçalansa, kuçli tölqinlarga sabab bölib, binolarga zarar yetkazişi mumkin. Tölqinlar past joylaşgan yoki allaqaçon zarar körgan uylarni butunlay yuvib ketişi mumkin, dedi orolning rasmiy vakillari.
Mahalliy rasmiylar aholiga qayiqda orolga boriş yoki undan qaytişda aysbergga yaqinlaşmaslikni, hattoki kundalik işlar vaqtida ham huşyor bölişni tavsiya qilgan.
Aysbergning balandligi 100 metrdan, oğirligi esa taxminan 12 million tonnadan oşadi. Uni birinçi marta bir hafta oldin payqaşgan. Avvaliga oqim aysbergni boşqa tomonga olib ketgan, biroq hafta boşida u yana qaytib kelgan.
Favqulodda holat elon qilingaç, qişloqning bir qismi evakuatsiya qilingan. 2018-yilda ham Inaarsuit qişloğiga ulkan aysberg yaqinlaşgan edi. Öşanda ham aholi xavfsizlik nuqtayi nazaridan evakuatsiya qilingan, ammo aysberg talafot yetkazmay suzib ketgan edi