Xitoyda qança pensiya olişadi?
14-07-2025, 15:05
176 марта

Xitoyda qança pensiya olişadi?
Xitoyda 2025 yilda bazaviy pensiya tölovlari 2 foizga oşiriladi, bu tarixdagi eng sekin ösiş surati yoki yomon körsatkiçdir. Bu haqda Pekinning Caixin Global naşri yozmoqda.Pensiyalarni muntazam oşiriş siyosati Ijtimoiy suğurta töğrisidagigi 2011 yilgi qonunda mustahkamlab qöyilgan. Unga köra, iş haqlari va inflyatsiya ösişi kabi omillar hisobga olinib, pensiya tölovlari tahrir qilib boriladi.
2005–2015 yillar davomida pensiya tölovi yillik ösişi örtaça 10 foizni taşkil etgan. Buning natijasida xususiy kompaniyalar işçilarining pensiyalari örtaça hajmi 700 yuan ($100) dan 2 000 yuandan köproqqaça oşdi. Biroq şundan söng pensiyalar hajmi ösişi pasayib ketdi. Ösiş 2016 yilda 6,5 foiz, 2020 yilda 5 foiz, 2023 va 2024 yillarda esa mos ravişda 3,8 va 3 foiz böldi.
Aholining tez qarişi pensiya tizimining uzoq muddatli hayotiy qobiliyatini savol ostiga qöymoqda, deya holatni izohladi Ekd.me internet-naşri. Tadqiqotlarga köra, Xitoy pensiya jamğarmasi 10 yildan söng taqçillikka röbarö kelişi mumkin. Bundan taşqari, mamlakatda şahar va qişloq aholisi pensiyalaridagi tafovut yer bilan osmonça.
Hukumatning 2024 yilgi malumotlariga köra, Xitoyda şaharda yaşovçi işçining örtaça pensiyasi — 3 825 yuan ($530), qişloqda — 246 yuan ($34).