Rossiya va Ukraina yana askarlarning jasadlarini almaşdi
17-07-2025, 18:28
149 марта

Rossiya va Ukraina yana askarlarning jasadlarini almaşdi
Moskva va Kiyev halok bölgan askarlarning jasadlarini yangi almaşişni amalga oşirdi. Bu haqda bugun, 17 iyul kuni Rossiya Prezidenti yordamçisi va Istanbuldagi muzokaralarda Rossiya delegatsiyasi rahbari Vladimir Medinskiy malum qildi.Unga köra, Rossiya Ukraina qurolli kuçlarining 1000 nafar askarining jasadini Ukrainaga, Ukraina esa halok bölgan rossiyalik 19 askarning jasadini Rossiyaga topşirgan. Ukraina hali almaşinuv haqida xabar bermadi.
2 iyun kuni Istanbulda bölib ötgan muzokaralar çoğida Rossiya va Ukraina oğir yaralangan askarlar va 25 yoşgaça bölgan asirlarni almaşiş, şuningdek, uruşda halok bölgan 6000 askar jasadini topşirişga kelişib oldi. 16 iyun kuni Medinskiy Rossiya 6060 halok bölgan ukrainalik askarning jasadlarini Ukrainaga topşirgani haqida xabar berdi. Öz navbatida, Ukraina halok bölgan 78 askar jasadini Rossiyaga topşirdi.
Keyinroq Medinskiy Moskva yana uç mingga yaqin askarning jasadini Kiyevga topşirişga tayyorligini aytdi.
Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiyning takidlaşiça, halok bölgan askarlarning jasadlarini almaşiş çoğida Rossiya tomoni Ukraina askarlari niqobi ostida Rossiya va boşqa davlatlar fuqarolarining jasadlarini Kiyevga topşirgan.