Eron prezidenti avtomobili öçib qolganidan keyin taksi çaqirişga majbur böldi

Eron prezidenti Masud Pizişkiyon Tabriz şahriga iş safari çoğida öz kortejidagi uçala avtomobil ham töxtab qolgani uçun taksi çaqirişga majbur böldi.
Bu avtomobillarga yoqilği quyiş şoxobçasida töxtalganidan söng sodir bölgan, u yerda maşinalarga suv aralaştirilgan benzin quyilgan. Bu haqda NasrNews prezidentning maxsus inspektori Mustafo Movlaviyga tayanib xabar berdi.
Kortejdagi maşinalar Raşt trassasiga kiraverişda sifatsiz benzin bilan töldirilgan, dedi Movlaviy. Şundan söng, maşinalar Qazvin viloyatida töxtab qolgan. Pizişkiyon Tabrizga yetib boriş uçun taksi çaqirişga majbur bölgan.
Takidlanişiça, prezident suriştiruv boşlaş uçun mahalliy mamuriyatga murojaat qilmagan. Movlaviyning aytişiça, oddiy fuqarolar ham şunday vaziyatga tuşib qolişi mumkin