Ozarbayjon Rossiyaga qarşi xalqaro sudlarga davo arizasi tayyorlamoqda
20-07-2025, 18:46
230 марта
Ozarbayjon Rossiyaga qarşi xalqaro sudlarga davo arizasi tayyorlamoqda2024 yil 25 dekabr kuni Ozarbayjon Havo Yöllari (AZAL)ning J2-8243 Boku-Grozniy reysini amalga oşirayotgan "Embraer 190" samolyoti Aktau şahridan 3 km uzoqlikda halokatga uçragani haqida xabar bergan edik.
Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev uşbu köngilsizlikda Rossiyaning qöli borligi va uzr sörab çiqişini talab qilgan edi. Şuningdek, barçasi adolatli bölişi uçun voqeaning töliq tafsilotini örganişga faqat xalqaro ekspertlardan iborat işçi guruh tuzilişini takidlagan. Ammo aviahalokatni örganiş uçun qaratilgan qora qutilar natijasi elon qilinmadi.
Voqeadan 7 oy ötib, Ozarbayjon Rossiyaga qarşi xalqaro sudlarga murojaat qiliş uçun hujjatlarni tayyorlayotganini malum qildi. Bu haqda Minval naşri xabar berdi.
Xabarga köra, Aktau şahrida yuz bergan AZAL samolyoti halokati böyiça ötgan yetti oy davomida Rossiya tomoni Ozarbayjonga tuşunarli javob bermagan. Ozarbayjon Boş prokurori Rossiya Tergov qömitasi rahbariga sörov yuborgan, ammo ulardan faqat "tergov davom etmoqda" degan javob kelgan. Şu sababli Ilhom Aliyev xalqaro sudlarga murojaat qiliş uçun hujjatlarni tayyorlayotganini tasdiqlagan.
"Biz unutmaymiz. Hozir bu masala böyiça xalqaro sudlarga murojaat qiliş uçun iş yuritmalarini tayyorlayapmiz va bu haqda Rossiya tomonini ogohlantirdik. Bu vaqt olişi mumkinligini tuşunamiz. Malayziya Boeing aviahalokati işi böyiça tergov ön yildan ortiq davom etdi. Biz ham ön yil kutişga tayyormiz, çunki adolat qaror topişi kerak. Afsuski, hozirgi noaniq vaziyat Rossiya va Ozarbayjon örtasidagi ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirişga yordam bermayapti", — deydi Aliyev.
Aliyev Ozarbayjon Rossiyadan aybni tan olişni, samolyotni urib tuşirganlarni jazolaşni, jabrlanganlarning oilalariga kompensatsiya tölaşni va AZAL'ga samolyot yöqotilişi uçun yetkazilgan zararni qoplaşni talab qilayotganini malum qilgan.