Ğazoda 4 yoşli qizaloq oçlikdan vafot etdi
21-07-2025, 18:38
120 марта

Ğazoda 4 yoşli qizaloq oçlikdan vafot etdi
Keça, 20 iyun kuni Ğazoda Razan Abu Zaher ismli tört yoşli qizaloq oçlik tufayli vafot etdi. Bu haqda CNN xabar berdi.Razan oxirgi uç kun içida vafot etgan kamida tört bolaning biri bölgan, ulardan eng kiçigi atigi uç oylik edi. Sönggi 24 soat içida Ğazoda oçlikdan 18 kişi halok bölgan. Bu Ğazo hududidagi inqiroz tobora çuqurlaşib borayotganini körsatadi.
“Naşr Razanni bir oy oldin ham uçratgandi. U öşandayoq juda zaif va ozib ketgan edi”, deyiladi xabarda.
Razanning ölimi Ğazodagi oçlik çuqurlaşib borayotgan paytda yuz bergan. Mart oyidan beri Isroil gumanitar yordam karvonlarini Ğazoga kiritişni taqiqlab qöygan edi. Garçi may oyi oxirida bu taqiq qisman olib taşlangan bölsa-da, xalqaro taşkilotlar yetkazilayotgan yordam aholi ehtiyojini qoplay olmayotganini aytmoqda.
Isroil hukumati yordam karvonlarini töxtatgan, çunki ularni HAMAS tortib olayotgani va ulardan foyda körayotganini davo qilmoqda. HAMAS bu ayblovni rad etmoqda. Isroil idoralari esa BMT yordamni olib ketmayotganini aytmoqda. BMT esa, aksinça, Isroil harbiylari yordamni hudud böylab harakatlantirişga ruxsat bermayotgani, köp miqdordagi yordam haligaça çegarada qolayotganini bildirgan.