“Tolibon” bolalar uçun qöğirçoq sotişni taqiqladi
22-07-2025, 20:32
262 марта

“Tolibon” bolalar uçun qöğirçoq sotişni taqiqladi
Afğoniston janubidagi eng yirik şahar Qandahor hukumati qöğirçoqlar sotişni taqiqladi. Bu haqda “Afghanistan International” xabar berdi.“Tolibon”ning ezgulikni tarğib qiliş va illatlarning oldini oliş vazirligi bir qator öyinçoqlar, jumladan, qöğirçoqlar sotilişini harom deb elon qildi.
“Taqiqlanişga toliblarning qöğirçoqlar butlarga öxşab ketadi, degan etiqodi sabab bölgan bölişi mumkin, ularga siğiniş islomda gunoh hisoblanadi”, deyiladi xabarda.Şahar hokimiyati taqiqlangan mahsulotlarni sotuv rastalaridan zudlik bilan olib taşlaşni buyurgan.
Iyun oyi boşida Afğonistonning Lağmon viloyati rasmiylari ommaviy axborot vositalarida odamlar, hayvonlar va boşqa tirik mavjudotlar tasvirini körsatişni taqiqlagan edi. Qoidalar Afğonistonning yana 18 viloyatida joriy qilingan – mamlakatda jami 34 ta viloyat mavjud.
Sönggi tört yil içida “Tolibon” mamlakatda köngiloçar va sport tadbirlariga qöyilgan çeklovlarni sezilarli darajada oşirdi. Masalan, “Tolibon” sport departamenti Afğoniston şaxmat federatsiyasi faoliyatini töxtatib, öyinni “taqiqlangan” deb elon qildi.