DXX raisi Afğoniston Razvedka xizmati rahbari va vazirlari bilan uçraşdi
23-07-2025, 21:15
236 марта

DXX raisi Afğoniston Razvedka xizmati rahbari va vazirlari bilan uçraşdi
Muzokaralar davomida mintaqada tinçlik va barqarorlikni taminlaş, Afğonistonni halqaro munosabatlarning tölaqonli azosiga aylantiriş böyiça say-harakatlar davom ettirilayotgani takidlandi.Keça, 22 iyul kuni, Özbekiston Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) raisi Bahodir Qurbonov boşçiligidagi delegatsiya Kobul şahrida Afğoniston Razvedka xizmati raisi Abdul Haq Vosiq bilan uçraşdi. Bu haqda Özbekiston DXX matbuot xizmati xabar berdi.
Muzokaralar davomida mintaqada tinçlik va barqarorlikni taminlaş, Afğonistonni halqaro munosabatlarning tölaqonli azosiga aylantiriş böyiça say-harakatlar davom ettirilayotgani takidlandi.
Xususan, Özbekiston prezidentining Birlaşgan millatlar taşkiloti, Şanxay hamkorlik taşkiloti va boşqa nufuzli xalqaro anjumanlarda afğon masalasi böyiça yakdil pozitsiyadagi çiqişlari keltirib ötildi.
Şuningdek, muloqotda Özbekiston va Afğoniston çegaralarida daxlsizlikni saqlaş, çegara punktlarida kiriş-çiqiş rejimini yanada takomillaştiriş, narkotik moddalar noqonuniy aylanmasiga hamda terrorizmga qarşi kuraş yönalişlarida hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Şu kuni Afğoniston mudofaa vaziri Mullo Muhammad Yoqub hamda içki işlar vaziri Sirojiddin Haqqoniy bilan ham uçraşuvlar bölib ötdi.
“Mazkur uçraşuvlar Özbekiston va Afğoniston örtasidagi munosabatlarni döstlik va yaqin qöşniçilik ruhida rivojlantirişga xizmat qiladi”, - deyiladi xabarda.