Ozarbayjon delegatsiyasi Xivada!
30-06-2025, 14:19
212 марта
Ozarbayjon delegatsiyasi Xivada!Bugun Ozarbayjon Milliy Majlisi Raisi Saxiba Gafarova boşçiligidagi parlament delegatsiyasi Urganç xalqaro aeroportiga yetib keldi. Mehmonlarni Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tantanali tarzda kutib oldi.
Ozarbayjonlik mehmonlar taşrifi doirasida Xiva şahrida Birinçi Özbekiston — Ozarbayjon parlamentlararo forumi bölib ötadi.
Uşbu nufuzli tadbir ikki davlat parlamentlari örtasidagi özaro hamkorlikni yanada mustahkamlaş, qonun ijodkorligida tajriba almaşiş, qardoş xalqlar örtasidagi tarixiy riştalarni mustahkamlaşda muhim qadam bölib xizmat qiladi.
Şuningdek, forum doirasida ikki mamlakat vakillari tomonidan turli yönalişlarda hamkorlik masalalari muhokama qilinişi, yaqin istiqbolda amalga oşiriladigan qöşma loyihalar yuzasidan kelişuvlarga erişilişi kutilmoqda.
Malumki, sönggi yillarda Özbekiston va Ozarbayjon örtasida siyosiy, iqtisodiy va madaniy aloqalar jadal rivojlanib bormoqda. Parlamentlararo muloqot esa uşbu munosabatlarning muhim poydevorlaridan biri hisoblanadi.