Xiva va Zarasay örtasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi
15-06-2025, 00:52
471 марта
Xiva va Zarasay örtasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandiXiva şahri va Litvaning Zarasay tumani örtasida döstona aloqalarni mustahkamlaş va turli sohalarda hamkorlikni rivojlantiriş maqsadida özaro anglaşuv memorandumi imzolandi.
Hujjat Xiva şahar hokimi Temur Davletov va Zarasay tumani meri Niyole Guobiyene tomonidan tantanali ravişda imzolandi. Mazkur kelişuv ikki şahar örtasidagi madaniy, talimiy, iqtisodiy va ekologik yönalişlarda hamkorlikni kuçaytirişni közda tutadi.
Zarasaydan taşrif buyurgan delegatsiya tarkibida tuman hokimiyatining rahbarlari hamda turli sohalar — jumladan, investitsiya, arxitektura, madaniyat va yoşlar siyosati böyiça masul şaxslar iştirok etdi.
Memorandum doirasida quyidagi asosiy yönalişlarda hamkorlik örnatilişi belgilandi:
— madaniyat va sanat sohasida özaro tajriba almaşiş, körgazma va tadbirlar taşkil etiş;
— talim va yoşlar siyosatida maktablar va muassasalar örtasida aloqalar örnatiş;
— sport va turizm sohalarida hamkorlikni rivojlantiriş;
— infratuzilmaviy va iqtisodiy loyihalarni qöllab-quvvatlaş;
— atrof-muhitni muhofaza qiliş hamda ekologik taşabbuslarni amalga oşiriş.
Şuningdek, tomonlar Yevropa Ittifoqi va boşqa xalqaro moliyalaştiruvçi taşkilotlar bilan hamkorlikda qöşma loyihalarni amalga oşiriş niyatida ekanini bildirdi.
Memorandum har ikki şaharning milliy qonunçiligi va vakolatlari doirasida amalga oşiriladi hamda döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaşga xizmat qiladi.

