Iordaniya va BAA Ğazoga havodan yordam yetkaza boşladi
28-07-2025, 10:10
195 марта

Iordaniya va BAA Ğazoga havodan yordam yetkaza boşladi
Isroil blokadasi sabab bölgan oçarçilik fonida Birlaşgan Arab Amirliklari va Iordaniya Ğazoga havodan yordam yuborişni boşladi. Bu haqda Isroilning KAN davlat televideniyesi xabar berdi.Qayd etilişiça, BAA va Iordaniya samolyotlari paraşyutlar orqali Ğazo şahriga sakkiz quti yordam taşlagan. Takidlanişiça, bu qutilarning törttasi Ğazoning Eski şahar hududiga, yana törttasi şahar şimolidagi Zaytun mahallasiga taşlangan.
Isroil armiyasi avvalroq 25 iyuldan kunidan boşlab xorijiy davlatlarga Ğazo sektoriga insonparvarlik yordamlarini havodan olib ötişga ruxsat berişini aytgan edi. Avvalroq xabarlarga köra, havodan yordam yuborilişi tinç aholining ölimiga sabab bölgan, çunki qutilar töğridan töğri odamlar ustiga tuşgan.
Taminotning bir qismi dengizga tuşib, oçlikdan azob çekayotgan aholini qirğoqqa qoçişga majbur qildi, bu yordamni yetkazib beriş usuli tanqidlarga sabab böldi. Ğazo sektorida Isroil blokadasi sabab bölgan gumanitar inqiroz oqibatida oçlikdan halok bölgan falastinliklar soni 133 nafarga yetdi.