“Şeremetevo”da reyslar bekor qilindi. Aybni xakerlar öz böyniga oldi
28-07-2025, 16:05
410 марта

“Şeremetevo”da reyslar bekor qilindi. Aybni xakerlar öz böyniga oldi
Rossiyaning “Aeroflot” aviakompaniyasi bugun, 28 iyul kuni ertalab uning axborot tizimlarida nosozlik yuz bergani haqida xabar berdi.“Şu bilan boğliq holda, parvozlar jadvaliga majburiy tuzatişlar kiritilişi kutilmoqda, jumladan, parvozlarni keyinga qoldiriş va bekor qiliş yöli bilan”, deyiladi kompaniya xabarida.
Hodisa ortidan taşuvçi Moskvadagi “Şeremetevo” aeroportiga va undan qaytadigan 42 ta reysni bekor qildi, aeroportda yölovçilar navbatlari paydo böldi. Moskva prokuraturasi tergov işlarini boşlagan.
“Aeroflot” yölovçilardan aeroport veb-saytlari va malumotlar taxtalarida körinadigan malumotlarni, şuningdek, aeroportlardagi karnay orqali elonlarni kuzatişni söradi. Kompaniyaning qöşimça qilişiça, ular parvoz rejasini bajariş xavfini minimallaştiriş va xizmatlarining faoliyatini imkon qadar tezroq tiklaş uçun işlamoqda.
“Aeroflot” bilan bir guruhga kiruvçi “Rossiya” va “Pobeda” aviakompaniyalari nosozlik haqida xabar bermadi.
Silent Crow va Cyberpartisans BY xakerlik guruhlari “uzoq muddatli va keng kölamli operatsiya” ötkazgani, natijada “Aeroflotning “içki IT infratuzilmasi” “butunlay buzilgan va yöq qilingani”ni elon qildi. Silent Crow xakerlar guruhi bir yil davomida “Aeroflot”ning içki korporativ tarmoğiga kiriş imkoniga ega ekanini aytdi. Ularga köra, hujum 7000 ga yaqin jismoniy va virtual serverlarni öçirib qöygan. Hujumçilarning takidlaşiça, ular parvozlar tarixiga ega bölgan malumotlar bazalariga kiriş imkoniga ega bölişgan, barça asosiy korporativ tizimlarni buzib kirişgan, xodimlarning şaxsiy kompyuterlari, jumladan kompaniya boşqaruv qurilmalari ustidan nazoratni egallab olgan, şuningdek, tinglaş serverlari va xodimlarni kuzatiş tizimlaridan malumotlarni nusxalaşgan.
Ularning hisob-kitoblariga köra, öğirlangan malumotlarning umumiy hajmi 12 terabaytni taşkil qiladi.
Telegram-kanalda elon qilingan bayonotda Silent Crow barça resurslar yo yöq qilingan yoki endi foydalaniş imkoni yöqligini va qayta tiklaş ön millionlab dollarga tuşişi mumkinligini davo qilmoqda. Ular yetkazilgan zararni strategik deb atadi.