Markaziy Osiyodagi eng keksa va eng yoş prezident kim?
29-07-2025, 16:26
1 391 марта

Markaziy Osiyodagi eng keksa va eng yoş prezident kim?
Markaziy Osiyo davlatlarida prezident davlat boşqaruvi tizimining asosiy tayançi hisoblanadi. Mintaqadagi har bir mamlakatda davlat rahbarlari turli davrlarda lavozimga kelgan bölsa, ularning aksariyati uzoq yillardan buyon siyosiy sahnada faoliyat yuritib kelmoqda.Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon 1951 yil 5 oktyabrda Kölob viloyatining Danğara tumani Danğara şaharçasida tuğilgan. Tojikistonda 32 yildan buyon davlat yetakçisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan Emomali Rahmon şu paytgaça 5 marotaba lavozimga qayta saylangan. Hozir yoşi 73 da va Markaziy Osiyodagi eng keksa prezident hisoblanadi. U 1994 yilda Tojikiston Respublikasi Prezidenti sifatida saylanişidan oldin 1992 yildan 1994 yilgaça Tojikiston Oliy kengaşida deputat lavozimida faoliyat yuritgan.

Emomali Rahmonning oilasi serfarzand oilalardan bölib, bir öğli va yetti qizi bor. Uning hayoti va faoliyati haqida önlab kitoblar yozilgan. Şuningdek, özi ham bir neçta asarlar muallifi hisobladi.
Emomali Rahmon şaxsiyati haqida turliça qaraşlar mavjud. Tanqidçilar uni köpinça nepotizmda, yani yuqori lavozimlarga öz vatandoşi bölgan kölobliklarni tayinlaşda ayblaşadi. Şuningdek, mamlakatda dabdabali töy-marosimlarni çeklaşga qaratilgan qonun çiqarilgan bölsa-da, prezidentning öğli Rustam Emomalining töyi yoki qizlarining uzatilişi dabdabali tarzda ötgani borasida keskin etirozlar bildirilgan. Undan taşqari, ayrim mustaqil kuzatuvçilarning fikriça, uning hukmronligi davomida Tojikistonda demokratik qadriyatlar sezilarli darajada susaygan.
Şunga qaramay, Emomali Rahmonni köpçilik fuqarolar uruşi davrida falajlangan Tojikistonni oğir tanazzuldan olib çiqqan rahbar sifatida etirof etadi. Uning boşqaruvi ostida mamlakat asta-sekinlik bilan barqarorlik sari yöl oldi. Rahmon hayotida ikki marta suiqasdga duç kelgan. Ulardan birida u yengil tan jarohati olgan bölsa, ikkinçisida zarar körmagan.
Tojikiston mustaqillik yillarida oğir sinovlardan ötdi. Fuqarolar uruşi oqibatida vayronagarçiliklar yuz berdi, iqtisodiyot butunlay izdan çiqdi. Uruşdan keyingi yillarda esa mamlakat turli ekstremistik va jangari guruhlar isyonlariga duç keldi. Toğli Badaxşon yoki Afğoniston bilan çegara hududlarida boşlangan beqarorliklar yana bir bor Tojikiston xavfsizligini mörtlaştirdi. Biroq, Emomali Rahmon bu tahdidlar qarşisida sovuqqonlik bilan harakat qilgan va mintaqadagi xavfsizlikni saqlaşga harakat qilgan rahbar sifatida tan olingan.
Bugungi kunda Emomali Rahmon Markaziy Osiyodagi eng keksa va tajribali prezidentdir.
Markaziy Osiyodagi eng keksa prezidentlar röyxatida keyingi örinni Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev egallaydi.
Qasim-Jomart Kemeleviç Toqayev Markaziy Osiyo mamlakatlari rahbarligiga saylangan eng keksa yoşda bölgan prezident hisoblanadi. U 66 yoşida Qozoğistonda prezidentligi lavozimiga saylangan. Ayni damda 72 yoşda va Markaziy Osiyodagi Emomali Rahmondan keyingi eng keksa prezidentdir.
Qozoğiston siyosatining yirik namoyandasi va tajribali diplomat 1953 yil 17 may kuni Olma-Ota şahrida tuğilgan. Uning otasi Kemel Toqayeviç Toqayev ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi, maşhur yozuvçi va qozoq adabiyotida detektiv janr asosçilaridan biri sifatida tanilgan. Onasi Turar Şabarbayeva esa xorijiy tillar institutida faoliyat yuritgan tajribali pedagog bölgan.

Toqayev iş faoliyatini 1975 yilda Taşqi işlar vazirligida boşlagan. U Singapurdagi sovet elçixonasida, keyinçalik esa Xitoyda turli diplomatik lavozimlarda işlagan. U yerda 1991 yilgaça ikkinçi kotib, birinçi kotib va maslahatçi lavozimlarida faoliyat yuritgan. 1992 yilda Qozoğiston TIV vaziri örinbosari, 1993 yilda birinçi örinbosar, 1994 yilda esa Taşqi işlar vaziri etib tayinlangan. 1999 yil oktyabr oyida u mamlakat Boş vaziri lavozimini egalladi.
Toqayev siyosiy faoliyat davomida xalqaro xavfsizlik masalalarida ham faol bölgan. 2003–2007 yillarda yana Taşqi işlar vaziri lavozimida işlab, yadroviy qurollarning tarqalişiga qarşi kuraşda faol iştirok etgan.
2019 yil 20 martda Qozoğiston Respublikasining Birinçi Prezidenti Nursulton Nazarboyev istefoga çiqqaç, 2019 yil 9 iyun kuni ötkazilgan navbatdan taşqari prezident saylovida Qasim-Jomart Toqayev 70,76 foiz ovoz bilan ğalaba qozongan va prezident sifatida faoliyat boşlagan.
Şuningdek, manbalarda uning xalqaro aloqalar, xavfsizlik va diplomatiyaga oid 10 dan ortiq kitob muallifi bölgani hamda badiiy va tarixiy adabiyotlarga qiziqişi haqida malumotlar keltirilgan. Ayni damda 72 yoşli Qosim-Jomart Toqayev Markaziy Osiyodagi eng yoşi kata prezidentlar röyxatida 2-örindadir.
Markaziy Osiyodagi eng yoş prezident
Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov Markaziy Osiyodagi eng yoş prezident hisoblanadi. U 1981 yil 22 sentyabrda tuğilgan bölib, 2022 yil 19 mart kuni, 40 yoşida Turkmaniston prezidenti lavozimini egallagan.
Serdar Berdimuhamedov 2022 yil 12 martda bölib ötgan muddatidan oldingi prezidentlik saylovida iştirok etib, 72,97 foiz ovoz bilan ğalaba qozongan. U sobiq prezident — Gurbanguli Berdimuhamedovning yagona öğli bölib, siyosiy faoliyatini hukumatdagi turli lavozimlardan boşlagan. Prezidentlikka saylanişidan oldin vazir, viloyat hokimi, parlament deputati va boş vazir örinbosari lavozimlarida faoliyat yuritgan.

Şuningdek, u ingliz va rus tillarini biladi va bir neçta ilmiy hamda siyosiy kitoblar muallifi hisoblanadi.
Serdar Berdimuhamedov prezidentlik lavozimiga otasi örnini egallab kelgan bölsa-da, u hozirda özining mustaqil siyosiy faoliyati va taşqi diplomatik faoliyati bilan tanilmoqda.