Tusk Rossiya-Ukraina uruşi tugaşi mumkinligini aytdi
31-07-2025, 09:19
257 марта

Tusk Rossiya-Ukraina uruşi tugaşi mumkinligini aytdi
Polşa Boş vaziri Donald Tusk Rossiya va Ukraina örtasidagi mojaro yaqin orada töxtatilişi mumkinligidan darak beruvçi köplab belgilar mavjudligini aytdi. Bu haqda u “Wiadomości” gazetasiga bergan intervyusida söz oçdi.Malum qilinişiça, Tuskning bu bayonoti Ukraina elçisi, avvalgi Qurolli kuçlar boş qömondoni Valeriy Zalujniyning ogohlantirişlari fonida yangragan. Zalujniy uruş 2034 yilgaça yoki undan ham uzoqroq davom etişi mumkinligini aytgan edi.
“Ammo bu bizning vaziyatimizni özgartirmaydi. Polşa mudofaaga doimo tayyor bölişi kerak, rus-ukrain frontidagi voqealardan qati nazar. Biz bu poygada biror soatni ham, biror kunni ham boy bera olmaymiz”, degan Tusk.Polşa Ukraina mojarosiga doir pozitsiyasini doimo oçiq bildirgan davlatlardan biri sanaladi. 2024 yil oxirida Tusk mojaroning “hal qiluvçi bosqiçga” kirganini aytib, uning natijasini oldindan aytib bölmasligini takidlagan edi. May oyida esa u Moskvani 30 kunlik öt oçişni töxtatişga çaqirgan. Polşa Ukrainadagi mojaro tezroq yakunlanişini istaşini ham bir neça bor bildirgan.
Polşa Ukrainaga eng yaqin ittifoqçilardan biri hisoblanadi. BMTning Qoçqinlar böyiça oliy komissari malumotiga köra, 2025 yil aprelida mamlakatda 999 mingdan ortiq ukrainalik qoçqin röyxatga olingan. Bundan taşqari, Polşa Ğarb qurollarini Ukrainaga yetkazib berişning asosiy markaziga aylangan va Kiyevning eng yirik harbiy donorlar öntaligiga kiradi.