Ukraina tinçlikka tayyor bölgunça kutamiz – Putin
1-08-2025, 22:35
199 марта

Ukraina tinçlikka tayyor bölgunça kutamiz – Putin
Kiyev hozir muzokaralar uçun vaqt emas, deb hisoblayotgan bölsa, Moskva kutişga tayyor. Bu haqda bugun, 1 avgust kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin belaruslik Aleksandr Lukaşenko bilan Valaamdagi uçraşuv çoğida söz oçdi.
“Aslida kutiş mumkin, agar Ukraina rahbariyati hozir vaqt emas, kutiş kerak, deb hisoblayotgan bölsa, biz kutişga tayyormiz”, degan Vladimir Putin.
Putinning fikriça, Rossiya va Ukraina mojarosiga tinç yöl bilan yeçim topiş uçun atrofliça muloqot olib boriş kerak, lekin bu oçiq-oşkora amalga oşirilmasligi zarur.
“Barça hafsalasi pir bölişlar ortiqça umidlar sabab yuz beradi”, deya qöşimça qilgan Rossiya Prezidenti.
Uning sözlariga köra, Rossiya Ukraina böyiça öz maqsadlarini bir yil oldin belgilagan. Vladimir Putin Ukrainada vaqtinçalik emas, balki uzoq muddatli tinçlikka erişiş tarafdori ekanini takidlagan.
Rossiya rahbari, şuningdek, Turkiyaning Istanbul şahrida bölib ötgan muzokaralarni ijobiy baholagan.
“Men buni umuman ijobiy baholayman. Axir yuzlab odamlar öz yurtiga qaytdi. Gumanitar nuqtai nazardan biz halok bölgan ukrainalik askarlarning jasadlarini minglab sonlarda topşirdik, javoban esa önlab bizning halok bölganlarimizni oldik”, degan Putin.