Rossiyada migrantlarning bolalari uçun maktablarni pullik qiliş taklif etildi
1-08-2025, 22:36
312 марта

Rossiyada migrantlarning bolalari uçun maktablarni pullik qiliş taklif etildi
Rossiyaga borgan çet elliklarning bolalari rus maktablarida yoşi va sinfidan qatiy nazar, faqat tölov asosida öqişlari kerak. Bu haqda Davlat dumasining Mehnat, ijtimoiy siyosat va faxriylar işlari böyiça qömitasi raisi Yaroslav Nilov özining Telegram-kanalida yozdi.“Migrantlarning farzandlari yoşi va sinfidan qatiy nazar, tölov asosida öqişi kerak”, deya yozgan Nilov.
Şuningdek, u rus tili imtihonidan ötişga urinişlar sonini 3 tagaça çeklaşni taklif qildi. Uşbu qoidalar ilgari rad etilgan qonun loyihasining yangilangan tahririga kiritilgan. Nilovning sözlariga köra, hujjat fraktsiyalararo maqomga ega bölgan Davlat dumasiga taqdim etiş uçun tayyorlanmoqda.
“Rus tilini örganişda qiynalayotgan, voyaga yetmagan migrant bolalar va dars berayotgan öqituvçilarimizning asablarini asraylik. Bolalar uyda ota-onasini kutişsin yoki maxsus dasturlar böyiça tölov asosida öqişsin”, deya xulosa qilgan deputat.
Deputat Yaroslav Nilov 2024 yilning sentyabr oyida Rossiya fuqaroligi bölmagan şaxslarning bolalari uçun boğça va maktablarda bepul talim olişni bekor qiluvçi qonun loyihasini işlab çiqqandi. Qonun loyihasida “Rossiya Federatsiyasi talim töğrisida”gi qonuniga özgartiriş kiritiş taklif qilingandi. Unga köra, çet ellik bolalar uçun maktabgaça, boşlanğiç umumiy, asosiy umumiy va örta umumiy talim pulli asosda amalga oşiriladi. Hozir ularning barçasi bepul asosda talim olmoqda.