“Krokus” terakti böyiça ayrim gumonlanuvçilar aybiga iqror böldi – OAV
4-08-2025, 20:15
148 марта

“Krokus” terakti böyiça ayrim gumonlanuvçilar aybiga iqror böldi – OAV
Moskva şahridagi Ikkinçi Ğarbiy okrug harbiy sudi Moskva yaqinidagi “Krokus Siti Holl” kontsert zalida sodir etilgan terakt böyiça jinoiy işning mazmun-mohiyatini körib çiqişni boşlagani xabar qilingandi. Prokuror ayblov xulosasini öqib eşittirgaç, teraktni sodir etgan tört nafar gumonlanuvçidan uç nafari öz ayblariga töliq, yana biri qisman iqror böldi. Bu haqda RBK xabar berdi.Sud boşlanganidan köp ötmay, prokuror talabiga binoan sud jarayoni yopiq tarzda ötkazildi. Prokuror sud majlisi iştirokçilariga nisbatan real tahdid mavjudligini, bu esa işni oçiq rejimda körib çiqişni imkonsizligini takidladi.
Işda 19 nafar sudlanuçi bor, ular orasida teraktning bevosita iştirokçilari ham, ularning şeriklari ham mavjud: Fariduni Şamsiddin, Dalerjon Mirzoyev, Muhammadsobir Fayzov, Saidakram Murodali Raçabalizoda, Umidjon Soliyev, Mustakim Soliyev, Şahromjon Gadoyev, Zubaydul Zubaydul, K. Şarifzoda, Yoqubjoni Davlatxon Yusufzoda, Nazrimad Lutfulloi, Jumaxon Qurbonov, Husayn Medov, Jabroil Auşe, Alişer Qosimov, şuningdek, Isroil, Dilovar va Aminjon Islomovlar. Ularning barçasi Rossiya Federatsiyasidagi terrorçilar röyxatiga kiritilgan.
Tergovning fikriça, teraktning bevosita ijroçilari Tojikiston fuqarolari Şamsidin Fariduni, Dalerjon Mirzoyev, Muhammadsobir Fayzov va Saidakram Murodali Raçabalizoda bölgan. Ikkinçisi, ayblov xulosasidan söng, özining aybini qisman tan olganini – terrorçilik taşkiloti faoliyatida iştirok etganini aytdi. Biroq u terakt sodir etiş aybloviga qöşilmagan. Şu bilan bugungi sud tugadi.
Qolgan 15 kişi terakt ijroçilarining şeriklari ekani aytilmoqda. Ular terrorçilik faoliyatini logistika, moliyalaştiriş, qurol-yaroğ ötkaziş va boşqa yordamlarda ayblanmoqda. Sud majlislari haftada uç marta ötkaziladi. Keyingi körib çiqişda faqat sud jarayonining bevosita iştirokçilari iştirok etişlari mumkin, matbuot va tinglovçilarga kiriş imkoniyati çeklanadi.
Malumot uçun, Moskva yaqinidagi Krasnogorskdagi “Krokus Siti Holl” kontsert zaliga hujum 2024 yilning 22 mart kuni taxminan soat 20:00 da sodir böldi. Tört nafar qurolli şaxs kontsertga kelgan odamlarga qarata öq uzgan, auditoriyaga öt qöygan, söng binoni tark etib, maşinada qoçib ketgan. Oqibatda 149 kişi halok böldi, 500 dan ortiq kişi yaralandi. 1,7 mingdan ortiq kişi jabrlanuvçi sifatida tan olingan, 800 dan ortiq kişi guvoh sifatida söroq qilingan.