Eronlik ayol 11 nafar erini zaharlab öldirdi
12-08-2025, 13:39
809 марта

Eronlik ayol 11 nafar erini zaharlab öldirdi
Eronning Mazandaron viloyatida yaşovçi 56 yoşli Kolsum Akbari ismli ayol 22 yil davomida 11 nafar erini zaharlab öldirganlikda ayblanmoqda va unga ölim jazosi berilişi mumkin. Bu haqda “Ary news” xabar berdi.Naşrning yozişiça, u tergov jarayonida boy va yolğiz keksa erkaklar bilan tanişib, katta miqdordagi mahr şarti bilan turmuş qurib, söng ularni bosqiçma-bosqiç zaharlaganini tan olgan. Ayol zaharlaşda qon bosimi va qandli diabetga qarşi dorilar, tinçlantiruvçi preparatlar hamda texnik spirt aralaşmasidan foydalangan.
Jinoyatlar 2000 yildan 2023 yilgaça Sari, Neka, Mahmudobod, Babol va Qoyemşahr kabi bir neçta şaharda sodir bölgani sababli ular orasidagi boğliqlikni aniqlaş qiyin bölgan. Ayol 2023 yilda sönggi qurboni – 82 yoşli Ğulomrizo Boboiy vafotidan keyin qölga olingan. Marhumning tanişi ayol ilgari uning ham otasini zaharlaşga uringanini eslab qolib, politsiyaga murojaat qilgan. Tergovda ayol qotilliklarni tan olgan, biroq sonini aniq eslay olmagan.
“Balki 13 yoki 15 nafar bölgandir, aniq bilmayman”, degan u.