Rossiyalik siyosatçidan yangi taşabbus: «Bir sinfga — bir migrant»
14-08-2025, 13:52
126 марта

Rossiyalik siyosatçidan yangi taşabbus: «Bir sinfga — bir migrant»
Rossiyaning «Noviye lyudi» partiyasi yetakçisi Aleksey Neçayev «Bir sinfga —bir migrant» taşabbusi bilan çiqdi.Neçayevga köra, sinfda migrant-bolalar sonini bir nafargaça qisqartiriş mamlakatda talim sifatini oşirarmiş.
Ayrim sinflar 20-30 foiz migrantlardan iborat, bu moslaşiş jarayonini qiyinlaştirib, ham rossiyalik, ham çet ellik bolalarning talim oliş samaradorligini pasaytirmoqda, dedi u.
Migrant-bolalarning sinflarda teng taqsimlanişi sinfdoşlar örtasidagi til tösiğini deyarli yöqotib, öqituvçilar ança yukdan xalos böladi, deya qöşimça qildi «Yangi odamlar» yetakçisi.
Yakkalangan bolaning taqdiri nima bölişi haqida siyosatçi lom-mim demagan.