Tramp qaysi amali evaziga «jannatga kirişi»ni aytdi
20-08-2025, 18:16
215 марта

Tramp qaysi amali evaziga «jannatga kirişi»ni aytdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Ukrainadagi uruşni töxtatiş orqali jannatga kirişga umid qilişini aytdi.«Agar bir haftada 7 000 kişini ölimdan qutqara olsam, öylaymanki, bu yomon natija emas. Imkoni bölsa, jannatga tuşişni istayman... Agar jannatga kirsam, bu (uruşni töxtatiş nazarda tutilmoqda — tahr.) asosiy sabablardan biri böladi», — dedi Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
U, şuningdek, Hindiston va Pokiston örtasidagi qurolli ziddiyatni töxtatganini ham urğulagan.
Malumot örnida: Tramp joriy yil 15 avgust kuni Alyaska ştatida rossiyalik hamkasbi Vladimir Putin bilan Ukrainadagi uruş masalasida muzokara ötkazdi. Trampning özi Fox News telekanaliga bergan intervyusida Putin bilan uçraşuvga 10 ballik tizimda 10 ball qöyişini aytib maqtandi. Ammo tahlilçilar Putin Trampni doğda qoldirganini aytmoqda.
Jannatga kiriş haqidagi bayonot yuzasidan izoh bergan Oq uy matbuot kotibi Kerolayn Levitt Trampning fikri hazil emasligini oçiqladi.
«Öylaşimça, prezidentning fikri jiddiy. Prezident uşbu xonada ötirgan barça odamlar kabi joyi jannatda bölişini istaydi», — dedi Oq uy matbuot kotibi.
79 yoşli Tramp marhuma onasi jannatda ekaniga işonçi komil ekani, otasi borasida esa aniq fikr aytolmasligidan bahs etgan.
Tramp 2016 yilgi prezident saylovida ham özining jannatga kiriş imkoniyatini esga olgandi. Öşanda respublikaçi siyosatçi saylovdagi ğalaba va prezident sifatida yaxşi işlaş «jannatga kirişning ehtimol yagona yöli» ekanini aytgan.
Tramp hozirga qadar 6 ta uruş — Armaniston va Ozarbayjon, Isroil va Eron, Hindiston va Pokiston, Kamboja va Tailand, Misr va Efiopiya, Serbiya va Kosovo örtasidagi ziddiyatlarni bartaraf etganini davo qilib keladi. Uşbu xizmatlari evaziga u jannatdan taşqari, tinçlik yölidagi Nobel mukofotiga ham loyiq ekanini oçiq aytmoqda.
Tarafdorlar uni «tinçliksevar prezident» deb maqtamoqda. Muxoliflari esa Ğazo sektorida minglab tinç aholi öldirilayotgan bir paytda Isroilni qurollantirişda davom etayotgani sabab keskin tanqid qilmoqda.
Nasroniy diniga mansub Donald Tramp hayoti davomida etiqodini xristianlikning turli yönalişlariga özgartirgan. Ayni paytda esa u konfessiyalardan xoli nasroniy hisoblanadi.