Kriminal avtoritet “Detina” Litvada qölga olindi
20-08-2025, 18:40
260 марта

Kriminal avtoritet “Detina” Litvada qölga olindi
Qirğizistondagi Risbek Akmatboyevning uyuşgan jinoiy guruhi azosi bölgan, qotillikda ayblanib, xalqaro qidiruvda berilgan kriminal avtoritet “Detina” Litvada qölga olindi. Bu haqda Qirğiziston Içki işlar vazirligi xabar berdi.Malum qilinişiça, joriy yilning avgust oyida Litva hududida IIV sörovi asosida 1979 yilda tuğilgan, kriminal olamda “Detina” nomi bilan tanilgan Yu.Yu. qölga olingan. Uning yonida Ş.A. nomiga rasmiylaştirilgan soxta hujjatlar bölgan.
Yu.Yu. Qirğiziston huquq-tartibot organlari tomonidan 2007 yilda Bişkekda sodir etilgan qotillikda ayblanib qidiruvga berilgan. Öşanda u avtomobil yuviş şahobçasi egasini otib öldirgan va yaşiringan.

Bundan taşqari, u Qozoğiston huquq-tartibot organlari tomonidan Olmaotada sodir etilgan qotillikda gumonlangan. U Interpol orqali ham xalqaro qidiruvga berilgan.
Qirğiziston IIV malumotlariga köra, Yu.Yu. uyuşgan jinoiy guruh azosi sifatida operativ röyxatda turadi. Hozirda uni jinoiy javobgarlikka tortiş uçun Qirğizistonning vakolatli organlari ekstraditsiya jarayonini boşlab yuborgan.
Risbek Akmatboyev kim edi?
1990 yillarda u Qirğizistonning eng qudratli “mafiya boşliqlaridan” biri hisoblangan. Çolpon-Ota şahrida tuğilgan Akmatboyev yirik uyuşgan jinoiy guruhini tuzib, unga rahbarlik qilgan. Uning nomi butun mamlakat böylab qörquv uyğotgan. Oğir jinoyatlarda bir neça bor ayblanganiga qaramay, u siyosiy tasir ötkazişga muvaffaq bölgan va hatto 2006 yilda parlament saylovida ğolib çiqqan. Ammo öşa yilning özida – 2006 yilning 10 may kuni Bişkek yaqinidagi Kök-Jar qişloğida masjiddan çiqayotgan paytda otib öldirilgan.