Xitoyda ilk bor insonga çöçqa öpkasi köçirib ötkazildi
27-08-2025, 12:24
139 марта

Xitoyda ilk bor insonga çöçqa öpkasi köçirib ötkazildi
Xitoy olimlari dunyoda ilk bor insonga çöçqaning öpkasini köçirib ötkazdi. Bu haqda “Nature Medicine” xabar berdi.Tajriba Guançjoudagi tibbiyot markazida ötkazilgan. Hayvonda CRISPR texnologiyasi (bakteriyalar va arxeylarning tabiiy immun tizimiga asoslangan DNK’ni aniq tahrirlaş texnologiyasi) yordamida özgartirilgan olti gen mavjud bölgan. Öpka qon quyilişi oqibatida miyasida ölim qayd etilgan 39 yoşli erkak retsipiyentga köçirib ötkazilgan. Bu şaroit şifokorlarga etik meyorlarni buzmasdan va iloji boriça haqiqiy holatga yaqin şaroitda qimmatli malumot oliş imkonini bergan.

Operatsiyadan söng organ 216 soat (töqqiz kun) davomida tirik holatda saqlanib, ötkir rad etiliş yoki infektsiya belgilari kuzatilmagan. Biroq köçirib ötkazilgandan bir sutka ötgaç, şifokorlar transplantat disfunktsiyasini eslatuvçi oğir şiş kuzatişgan.
“Garçi bu tadqiqot çöçqa öpkasini insonga ksenotransplantatsiya qiliş imkoniyatini körsatsa-da, organni rad etiş va infektsiya bilan boğliq jiddiy muammolar saqlanib qolmoqda va bu usulni klinik amaliyotga joriy etiş uçun qöşimça tadqiqotlar zarur”, deyiladi xabarda.