Turkmanistonda çekuvçilar jarimaga tortilmoqda
29-08-2025, 11:10
279 марта

Turkmanistonda çekuvçilar jarimaga tortilmoqda
Turkmaniston hukumati mamlakatda sigaret çekiş 2025-yil oxirigaça töliq taqiqlanişini malum qildi. Bu haqda mamlakat rasmiylariga tayanib, Arab News xabar berdi.Aholisi 7 millionga yaqin bölgan Turkmaniston dunyodagi çekuvçilar soni eng kam bölgan davlatlardan biri hisoblanadi. Çekişga qarşi dastlabki taşabbus 2022-yilda mamlakat sobiq prezidenti Gurbanguli Berdimuhammedov tomonidan ilgari surilgan edi.
Jahon soğliqni saqlaş taşkilotiga köra, bugungi kunda mamlakatda çekuvçilar soni aholining atigi 4 foizini taşkil etadi. Sigaretga solinadigan yuqori soliq, qatiy çeklovlar va jamoat joylarida çekiş taqiqlangani bois kaşandalar soni yanada kamaymoqda. Jazo çoralari ham keskin: 200 manatgaça (taxminan $57) jarima belgilangan.
Aşxoboddagi tibbiyot muassasalaridan birning şifokori Sultan hukumatning çekişga qarşi olib borayotgan harakatlarini qöllab-quvvatlamoqda.
“Biz çekişga qaramlikni davolaymiz. Soğliqni saqlaş vazirligi çekuvçilarga bepul maslahat beriladigan maxsus markazlar taşkil qilgan”, dedi u.
Mahalliy aholi vakillaridan biri 64 yoşli quruvçi Xöjayev bir neça bora çekkani uçun jarimaga tortilganini malum qilgan.
“Men öz kvartiramda çekaman. Ammo şaharda çekişni xohlasam, jarimaga tortilmaslik uçun kuzatuv kameralari bölmagan joyni topişga harakat qilaman - tor yoki boşi berk köça, baland butalar, daraxtlar orti, kimsasiz joy”, dedi u.
Hukumat faqat maslahat bilan çeklanib qolayotgani yöq mamlakatda sigaret olib kirişga keskin çeklovlar ham joriy etilgan. Ayrim joylarda esa sigaret qutilari ommaviy ravişda yoqib yuborilmoqda. Mahsulot narxlari ham oşgan: bir dona sigaret 25 manat (0,571,42 dollar), bir quti esa 50170 manat (14,2048,50 dollar) atrofida. Bu 2018-yil holatiga köra, örtaça oylik maoş (1 500 manat)ning öndan bir qismidan ham köproğini taşkil etadi