USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Zelenskiy Ukrainada “raşizm” atamasini qonuniylaştirdi

105 марта

Zelenskiy Ukrainada “raşizm” atamasini qonuniylaştirdi

Keça, 29 avgust kuni Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy “raşizm” tarifini rasman mustahkamlaydigan “Ukraina xalqining milliy xotirasi davlat siyosati asoslari töğrisida”gi qonunni imzoladi.

“Bu milliy özlikni muhofaza qiliş va rivojlantiriş töğrisidagi asosiy qonun bölib, uni mamlakatning avvalgi prezidentlari imzolaşni istamagan, qila olmagan yoki jurat eta olmagan”, deb yozdi Prezident devoni rahbari örinbosari Irina Vereşçuk ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Oliy Rada mazkur qonunni 21 avgust kuni maqullagan. Ukrainaning “Sud-huquq gazetasi”ning xabar qilişiça, hujjatda tarixiy xotirani saqlaş sohasidagi davlat siyosatining asosiy tamoyillari mustahkamlangan va u milliy xavfsizlikning tarkibiy qismi sifatida belgilangan.


Qonun birinçi marta davlat darajasida “Ukraina mustaqilligi uçun uruş”, “Ukrainaga qarşi tarixiy taşviqot” va “Ukraina xalqiga qarşi jinoyatlar” kabi tuşunçalarni belgilaydi. 

Şuningdek, uşbu hujjatda “raşizm” tuşunçasiga “bosqinçi davlatda şakllangan rus faşist totalitar rejimi negizida yotgan, rus şovinizmi va imperializmi ananalariga, kommunistik va milliy sotsialistik (natsist) totalitar tuzumlar amaliyotiga asoslangan totalitar mafkura va amaliyot turi” sifatida ham tarif berilgan.

2023 yil may oyida Ukraina Oliy Radasi “Rossiya Federatsiyasi siyosiy rejimi tomonidan raşizm mafkurasidan foydalaniş, raşizm tamoyillari va amaliyotini totalitar va misantropik deb qoralaş töğrisida” bayonot qabul qildi. Bayonotda Ukraina parlamenti BMT, Yevroparlament, Yevropa Kengaşi Parlament Assambleyasi, YeXHT Parlament Assambleyasi, NATO Parlament Assambleyasi, şuningdek, boşqa mamlakatlar hukumatlari va parlamentlariga “raşizm mafkurasi, siyosati va amaliyotini qoralaşni qöllab-quvvatlaşga” çaqirgan.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: