Qöldagi kökariş, Vensning sirli bayonoti va bayroq tuşirilişi: Trampning vafot etgani haqidagi miş-mişlar nima asosida tarqalmoqda?
30-08-2025, 20:36
541 марта

Qöldagi kökariş, Vensning sirli bayonoti va bayroq tuşirilişi: Trampning vafot etgani haqidagi miş-mişlar nima asosida tarqalmoqda?
Sönggi vaqtlarda tarmoqlarda AQŞ prezidenti Donald Trampning ölimi töğrisida xabarlar tarqalmoqda. Bu xabarga asos sifatida AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vensning keça aytgan sözlari keltirilmoqda.Oq uy tibbiy hisobotida AQŞ prezidentida venoz yetişmovçiligi taşxisi qayd etilgan edi. Bir neça kun avval esa ommaviy axborot vositalari Trampning qölida kökariş payqagan. Bu esa dastlabki miş-mişlar tarqalişiga turki bergan.
Ayniqsa, AQŞ vitse-prezidenti Jey Di Vensning kinoyali yoki noaniq bayonotlari miş-mişlarni yanada kuçaytirmoqda. U bir neça kun oldinroq öz bayonotida, agar Tramp bilan nimadir yuz bersa, AQŞ prezidentligi vakolatlarini öz zimmasiga olişga tayyorligini bildirgan.
Bundan taşqari, Tramp seşanba kunidan beri omma oldida köriniş bermagan, bu esa uning uçun öta noodatiy holat sifatida körilmoqda. Donald Trampning ölimi haqidagi xabarlar hozirça heç bir işonçli manba rasmiy davlat organlari, yirik xalqaro OAV NN, BBC, Reuters, AP yoki Oq uyning bayonotlari tomonidan tasdiqlanmagan. Axios naşri esa amerikalik yuqori martabali amaldorga tayanib, vaziyatga quyidagiça oydinlik kiritgan:
“Trampning soğliği yaxşi bugun ertalab u golf öynaşga boradi”.
Şuningdek, Donald Trampning ölimi haqida tarqalayotgan xabarlarda Qöşma Ştatlarda davlat bayroğining yarim pastlikka tuşirilgani ham qöşimça asos sifatida körilmoqda.
Ammo 2025 yil 27—31 avgust kunlari AQŞdagi federal binolarda, jumladan Oq yydagi bayroqlar half-staff holatida böladi.