AQŞ butun Ğazo aholisini köçirişni rejalaştirmoqda – WP
1-09-2025, 10:03
93 марта

AQŞ butun Ğazo aholisini köçirişni rejalaştirmoqda – WP
AQŞ Prezidenti Donald Tramp mamuriyatida tarqalgan Ğazo sektorining uruşdan keyingi rejasi uşbu hududni kamida 10 yil davomida AQŞ nazorati ostiga ötkazişni nazarda tutadi. Bu vaqt içida sektor gullab-yaşnayotgan turistik kurortga va yuqori texnologiyali işlab çiqariş markaziga aylanişi kerak. Bu haqda keça, 31 avgust kuni muharrirlar körib çiqqan hujjatga tayanib, “The Waşington Post” naşri xabar berdi.Takidlanişiça, 38 sahifalik reja Ğazo sektorining butun ikki million aholisini kamida vaqtinça köçirişni közda tutadi: yo boşqa mamlakatga “ixtiyoriy” ketiş yöli bilan yoki tiklaniş davrida odamlarni uşbu hududdagi xavfsiz zonalarga joylaştiriş orqali. Yer egalariga rekonstruktsiya qiliş huquqi evaziga raqamli token taklif etiladi.
Qayd etilişiça, uşbu aktiv boşqa joydagi hayotni moliyalaştiriş uçun işlatilişi yoki keyinçalik suniy intellekt yordamida işlab çiqilgan va taşkil etilgan Ğazo sektoridagi olti-sakkizta “aqlli şahar”dan biridagi kvartiraga almaştirilişi mumkin. Şu bilan birga, ketişga qaror qilgan har bir falastinlikka 5000 dollar naqd pul, şuningdek, tört yillik ijara va bir yillik oziq-ovqat beriladi.
WP malumotlariga köra, uşbu reja böyiça Ğazo sektorini rekonstruktsiya qilişni boşqaradigan Ğazoni qayta quriş, iqtisodiy jadallaştiriş va özgartiriş (GREAT Trust) deb nomlangan maqsadli jamğarma qisman Isroil va Qöşma Ştatlar tomonidan mintaqaga gumanitar yordamni tarqatiş uçun taşkil etilgan bahsli Ğazo gumanitar jamğarmasini işga tuşirgan odamlar tomonidan yaratilgan. Ikki manbaga köra, Ğazoni rekonstruktsiya qiliş rejasining asosiy elementlari Donald Trampning hudud haqidagi “Yaqin Şarq Riverasi” qaraşini aks ettiradi. Reja davlat va xususiy mablağlar hisobidan moliyalaştirilişi kutilmoqda.