Rossiyada migrantlar ustidan nazorat kuçaytirildi
3-09-2025, 09:21
324 марта

Rossiyada migrantlar ustidan nazorat kuçaytirildi
2025 yil 1 sentyabrdan Rossiyada nazorat va repressiyalarni kuçaytiruvçi yangi qonunlar kuçga kirdi. Ular qatorida SIM-kartalarni boşqalarga topşirganlik uçun jinoiy javobgarlik, VPN reklamasi taqiqlanişi va migrantlar ustidan nazorat ham bor. Bu haqda DW (Deutsçe Welle) naşri xabar berdi.Xabarga köra, 1 sentyabrdan boşlab Rossiyada çet elliklar ustidan tört yillik eksperimental nazorat tizimi işga tuşirildi. Endilikda migrantlar röyxatdan ötişi va "Amina" nomli maxsus mobil ilovani örnatişi şart. Bu ilova ularning geolokatsiyasini uzluksiz uzatib turadi.
Agar ilova orqali malumotlar 3 iş kunidan ortiq vaqt davomida uzatilmasa, şaxs Migratsiya markazidagi hisobdan çiqariladi.
Bunday holatda şaxs "nazorat ostidagi şaxslar reyestri"ga kiritiladi. Oqibatda turmuş quriş, bank hisob raqami oçiş, bolalarni maktabga yoziş kabi taqiqlarga olib keladi.
"Ekstremistik" kontentni izlaganlik uçun jarimalar kuçaytirildi. Taqiqlangan saytlarga ataylab kirgan fuqarolar 3 mingdan 5 ming rublgaça jarimaga tortilişi mumkin.
1 sentyabrdan boşlab Rossiyada işlab çiqilgan 41 ta ilova telefonlarda oldindan örnatilgan bölişi kerak. Eng asosiysi—Max messenjeri va RuStore ilovalar dökoni. Ular Rossiyadagi barça smartfon va qurilmalarga majburiy tartibda örnatiladi. Davlat Dumasi WhatsApp’ni töliq bloklaş rejalaştirilayotganini bildirgan.
Şuningdek, sentyabrdan boşlab Rossiyada SIM-kartalarni foyda oliş maqsadida yoki jinoyat sodir etiş uçun boşqa şaxslarga beriş jinoiy javobgarlikka olib keladi.
Jumladan, 700 ming rublgaça jarima yoki 3 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş, raqamlarni berişda iştirok etganlarga — 300 ming rublgaça jarima yoki 2 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazolari qöllaniladi.
Yaqin qarindoşlarga beriş yoki qisqa muddatli foydalaniş holatlari bundan mustasno, deyiladi xabarda.