Kreml Yevropaga jiddiy ayblov qöydi
5-09-2025, 19:58
379 марта

Kreml Yevropaga jiddiy ayblov qöydi
Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Yevropa Ittifoqi mamlakatlari Ukrainadagi mojaroni tinç yöl bilan hal qilişga jiddiy tösqinlik qilayotganini bildirdi. Bu haqda Kreml vakili bugun, 5 sentyabr kuni “Argumenti i Fakti” naşriga bergan intervyusida söz oçdi.Unga köra, Yevropa davlatlarining pozitsiyasi salbiy va ular har qanday muloqotni deyarli imkonsiz holatga keltirib, muzokaralarni yöqqa çiqarmoqda.
Peskovning aytişiça, AQŞ Prezidenti Donald Trampning qaraşlari Yevropa davlatlaridan farqli ravişda “ança konstruktiv va u uruş qilişdan köra savdo qilişni afzal köradi”. U, şuningdek, Trampning yondaşuvi Rossiya pozitsiyasining ayrim jihatlari bilan mos tuşişini qayd etgan.
“Biz ham maqsadlarimizga imkon qadar, tinç yöl bilan erişişni istaymiz”, degan Peskov.Rossiyadan bunday ohangdagi bayonotlar yangrayotgan bir paytda, Yevropa Ukrainani qöllab-quvvatlaş maqsadida yiğilişlar ötkazmoqda. Masalan, keça, 4 sentyabr kuni Parijda “köngillilar koalitsiyasi” yiğilişi bölib ötdi, unda 39 davlat vakillari iştirok etdi. Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makronning malumotiga köra, yiğilişda 26 mamlakat Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini taminlaş uçun özining quruqlikdagi, dengizdagi yoki havo kuçlarini yuborişga tayyorligini bildirgan. Buyuk Britaniya hukumati esa koalitsiya azolari Kiyevga uzoq masofali raketalar yetkazib berişga rozilik bildirganini qöşimça qilgan.