USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼ USD: 11,942 söm ▼ EUR: 13,383 söm ▼ RUB: 148 söm ▼ GBP: 16,017 söm ▼ CNY: 1,796 söm ▼ KZT: 26 söm ▼ TRY: 239 söm ▼ AED: 3,251 söm ▼

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

“Bu xatolik bölişi mumkin”. Tramp Rossiya dronlarining Polşaga kirişi haqida

146 марта

“Bu xatolik bölişi mumkin”. Tramp Rossiya dronlarining Polşaga kirişi haqida

AQŞ Prezidenti Donald Tramp Rossiya uçuvçisiz samolyotlarining Polşa havo hududiga bostirib kirişini qoralar ekan, bu beixtiyor, xato tufayli sodir bölgan bölişi mumkinligini aytdi. Bu haqda Tramp keça, 11 sentyabr Oq uy hovlisida jurnalistlar bilan suhbatda malum qildi.

“Bu xato bölgan bölişi mumkin, lekin şunday bölsa ham, men bu vaziyat bilan boğliq hamma narsadan mamnun emasman”, dedi Tramp.

AQŞ Prezidenti Rossiyani “hatto bu çiziqqa yaqin turgani uçun ham” qoralaşini qöşimça qildi.
“Menga yoqmaydi. Men bundan mamnun emasman”, dedi Prezident.

10 sentyabrga ötar keçasi Rossiya Ukrainaga yirik zarbalar berganida, kamida 19 ta dron Polşa çegarasini kesib ötdi. Dronlarni tutib oliş uçun Polşa samolyotlaridan taşqari boşqa NATO davlatlarining qiruvçi samolyotlaridan ham foydalanilgan.

Dron parçalari Belarus va Ukraina bilan çegara yaqinidagi Viriki qişloğidagi turarjoy binosiga zarar yetkazdi, qurbonlar yöq.
Varşavaning takidlaşiça, Rossiya ataylab Polşaga hujum qilgan va Varşava Şimoliy Atlantika şartnomasining 4-moddasiga muvofiq NATO ittifoqçilari bilan maslahatlaşişni talab qilgan.

Germaniya Mudofaa vaziri Boris Pistorius ham Bundestagdagi nutqida Rossiyaning dronlari Polşa hududiga ataylab uçirilgani aniq ekanini aytdi. Uning sözlariga köra, bu kursni sozlaşda xato bölgan deb işonişga asos yöq.
Bunga javoban Rossiya Mudofaa vazirligi Polşadagi nişonlarga zarba berişni “rejada qilmagani” haqida xabar berdi. 
Polşa Qurolli kuçlari Boş ştabi boşliği general Visslav Kukulaning malum qilişiça, Polşa harbiylari Belarusdan dronlar harakati haqida ogohlantiriş olgan.



Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: