Vladivostokda özbekistonlik migrantlarni kaltaklagan ösmirlardan yana biri uşlandi
17-09-2025, 19:27
402 марта

Vladivostokda özbekistonlik migrantlarni kaltaklagan ösmirlardan yana biri uşlandi
Rossiyaning Vladivostok şahrida özbekistonlik migrantlarni kaltaklagan ösmirlardan biri qölga olindi. Bu haqda Rossiya Içki işlar vazirligining Primore ölkasi boşqarmasi xabar berdi.Bezorilik 10 sentyabrga ötar keçasi Xabarovsk köçasida sodir etilgan edi. 15 yoşli ösmirlar va boşqa iştirokçilarga nisbatan jinoyat işi qözğatilgan. Gumonlanuvçilarning şaxsi aniqlangan, öşanda ulardan biri qölga olingan. Endilikda jinoyat qidiruv bölimi xodimlari yana bir gumonlanuvçi uşladi, yana biri esa qidiruvda.
“Vladivostokda jinoyat qidiruv bölimi xodimlari bezorilik harakatlarida gumonlanib, 2010 yilda tuğilgan mahalliy aholini qölga oldi. Voyaga yetmagan şaxs keyingi tergov harakatlarini ötkaziş uçun tergov organlariga topşirildi”, dedi politsiya vakillari.