Vladivostokdagi voqea ortidan özbekistonliklardan aybdorlarni “samosud” qilmaslik söraldi
17-09-2025, 09:07
539 марта

Vladivostokdagi voqea ortidan özbekistonliklardan aybdorlarni “samosud” qilmaslik söraldi
Avvalroq, Rossiyaning Vladivostok şahridagi Xabarovskaya köçasida mahalliy yoşlar guruh bölib özbekistonlik migrantlarni kaltaklagani va bezorilikda gumon qilingan uşbu ösmirlarga nisbatan Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasining Primorsk ölkasidagi bölimi tomonidan jinoiy iş qözğatilgani haqida xabar qilingandi. Uşbu voqea ortidan Özbekistonning Vladivostok şahridagi Boş konsuli Yusuf Qobiljonov Primorsk ölkasida bölib turgan Özbekiston fuqarolarini ogohlantirdi.Uning bildirişiça, Vladivostok şahrida istiqomat qiluvçi mahalliy voyaga yetmagan fuqarolar tomonidan Özbekiston fuqarolariga nisbatan sodir etilgan bezorolik yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda bir neçta videomateriallar tarqalgan. Uşbu holat böyiça Primorsk ölkasi huquqni muhofaza qiluvçi organlari tomonidan suriştiruv işlari olib borilişi natijasida Rossiya Jinoyat kodeksining 213-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi oçilib, jinoyatni sodir etgan 1 nafar mahalliy fuqaro qölga olingan, qolgan iştirokçilarga nisbatan qidiruv elon qilingan.