Zelenskiy NATOning dastlabki yordamida qanday qurollar bölişini oçiqladi
18-09-2025, 12:06
78 марта

Zelenskiy NATOning dastlabki yordamida qanday qurollar bölişini oçiqladi
NATOning yangi PURL dasturi (Ukrainaning ustuvor ehtiyojlari röyxati) doirasida mamlakat Patriot havo mudofaasi tizimlari va HIMARS reaktiv tizimlari uçun raketalar oladi. Bu haqda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Yevropa Parlamenti raisi Roberta Metsola bilan ötkazggan qöşma matbuot anjumanida söz oçdi.“Biz PURL doirasida hamkorlarimizdan 2 milliard dollardan ortiq mablağ oldik. Oktyabr oyida yana 3,5–3,6 milliard dollar olamiz”, degan Zelenskiy.“Reuters” naşriga köra, 16 sentyabr kuni AQŞ mamuriyati YeI vakillari tomonidan moliyalaştirilgan Ukraina uçun dastlabki qurol yetkazib beriş paketlarini maqullagan. Pentagonning Siyosat böyiça rahbar örinbosari Elbridj Kolbi qiymati 500 million dollarlik ikki paketni tasdiqlagan.
Ukraina TIV matbuot kotibi Georgiy Tixiy ham AQŞdagi Ukraina elçixonasi bu tasdiqni olganini bildirgan, ammo qurollar qaçon yetib kelişi haqida aniq muddat aytilmagan.