Isroil Falastinni tan olayotgan Frantsiyaga keskin javob qaytarmoqçi – “Politico”
19-09-2025, 16:44
131 марта

Isroil Falastinni tan olayotgan Frantsiyaga keskin javob qaytarmoqçi – “Politico”
BMT Boş Assambleyasining joriy yil sentyabrdagi sessiyasida Frantsiya Falastinni tan oladigan bölsa, Isroil keskin qarşi çoralar köradi. Bu haqda öz manbalariga tayanib, “Politico” xabar berdi.Frantsiya Prezidenti Emmanuel Makron joriy yilning iyul oyida yaqinlaşib kelayotgan BMT sessiyasida Falastinni davlat sifatida tan olinişini qöllab-quvvatlaş niyatini elon qilgan edi. Bunga javoban Isroil Boş vaziri Binyamin Netanyaxu qarşi çoralar böyiça turli stsenariylarni işlab çiqmoqda. “Politico” malumotiga köra, ehtimoliy javob çoralari qatoriga Iordan daryosining Ğarbiy sohilidagi hududlarni anneksiya qiliş jarayonini tezlaştiriş, Quddusdagi Frantsiya konsulligini yopiş va Isroil hududida Frantsiyaga aloqador obektlarga, jumladan, xristianlarning Eleona muqaddas joyiga kirişni çeklaş kiradi.
Isroil Taşqi işlar vaziri örinbosari Şarren Xaskel avvalroq konsullikni yopiş masalasi Boş vazir Netanyaxuning kun tartibida ekanini tasdiqlagan. Bir yevropalik diplomatning “Politico”ga malum qilişiça, Isroil “javob çoralarida heç narsadan qaytmaydi” va mamlakatlar örtasidagi munosabatlar keskin yomonlaşadi. U, şuningdek, Emmanuel Makronni Falastinni tan oliş jarayonining “harakatlantiruvçi kuçi” deb atagan, bu esa Netanyaxu bilan muloqotni qiyinlaştirgan.
Malumot uçun, joriy yilning 22 sentyabr kuni Frantsiya BMTda Falastinni tan olişga bağişlangan konferentsiya ötkazişni rejalaştirmoqda. Şunga öxşaş pozitsiyani Buyuk Britaniya ham egallagan. Yani, agar Isroil Ğazodagi harbiy amaliyotni töxtatmasa va gumanitar yordam yetkazib berişga qöyilgan tösiqlarni davom ettirsa, mamlakat BMT Boş Assambleyasi sessiyasi boşlanişidan oldin Falastinni tan oliş niyatida.