Eron kelişuvga tayyor, Isroil esa yangi hujumga tayyorlanmoqda
15-06-2025, 14:37
457 марта

Eron kelişuvga tayyor, Isroil esa yangi hujumga tayyorlanmoqda
Eron yadro quroliga ega bölmasligini kafolatlovçi bitim tuzişga tayyor, deya bayonot berdi mamlakat taşqi işlar vaziri Abbos Arakçi.Şuningdek, u Tehron Eronga hujumlarini töxtatsa, Isroilga qarşi hujumlarni töxtatişini ham takidladi.
Lekin hozirça bu bayonotga qarama-qarşi tarafdan ijobiy javob berilmadi.
Isroil kuçlari eronliklardan harbiy infratuzilma yaqinidagi hududlarni zudlik bilan tark etişni söradi. Yahudiy kuçlari eronliklarni şoşilinç ravişda ogohlantirib, aholini harbiy obektlar atrofidagi hududlarni tark etişga çaqirdi.
"Harbiy qurol zavodlarida yoki ularga yaqin joyda bölgan barça şaxslar va ularni qöllab-quvvatlaş obektlari uşbu hududlarni darhol tark etişlari va keyingi ogohlantirişgaça qaytmasliklari kerak. Sizning uşbu infratuzilma yaqinida bölişingiz hayotingizni xavf ostiga qöyadi", deyiladi Isroil armiyasining X ijtimoiy tarmoqdagi fors tilida yozilgan postida.