Özbekiston Isroil va Eronni vazminlikka çaqirdi
13-06-2025, 16:03
258 марта

Özbekiston Isroil va Eronni vazminlikka çaqirdi
Bugun, 13 iyunga ötar keçasi Isroil harbiy-havo kuçlari Eron hududiga zarba bergani ortidan Özbekiston mojaro tomonlarini vazminlikka çaqirdi. Bu haqdagi tegişli bayonot Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi tomonidan elon qilindi.“Özbekiston Respublikasi Taşqi işlar vazirligi insonlarning halokatiga va Yaqin Şarqda vaziyatning keskinlaşuviga olib kelgan Isroilning Eron Islom Respublikasiga qarşi harbiy amaliyoti yuzasidan çuqur xavotir bildiradi”, deyiladi bayonotda.
Rasmiy Toşkent barça tomonlarni töliq vazminlikka, harbiy harakatlarni darhol töxtatişga va nizoni siyosiy-diplomatik yöl bilan hal etişga çaqirdi.
“Keng kölamli töqnaşuvga olib kelişi mumkin bölgan jiddiy vaziyatning yanada keskinlaşuvi xavotir uyğotmoqda”, deyiladi TIV bayonotida.
Şuningdek, Özbekiston mintaqaviy barqarorlikni mustahkamlaşga sodiqligini yana bir bor tasdiqlagan va mojaroning keskinlik darajasini kamaytiriş böyiça say-harakatlarga kömaklaşişga tayyorligini bildirgan.