Özbekiston Hindiston va Pokistonni vazminlikka çaqirdi
7-05-2025, 21:39
146 марта
Taşqi işlar vazirligi Özbekiston tomoni Hindiston va Pokiston örtasidagi keskinlaşib borayotgan holatning rivojlanişini xavotir bilan kuzatayotganini qayd etdi.«Özbekiston tomoni Hindiston va Pokiston örtasida keskinlaşib borayotgan vaziyat rivojini xavotir bilan kuzatmoqda. Ikkala tomonni vazminlikka çaqiramiz, tinçlik va barqarorlik manfaatlari asosida harakat qiliş, vaziyatning yanada yomonlaşişining oldini oliş maqsadida diplomatik muloqotga ustuvor ahamiyat qaratiş zarur deb hisoblaymiz.
Özbekiston mazkur mojaroni deeskalatsiya qiliş va tinç yöl bilan hal etişga qaratilgan har qanday xalqaro yoki mintaqaviy say-harakatlarni qöllab-quvvatlaşga tayyor», deyiladi vazirlik bayonotida.
22 aprel kuni Kaşmirda hindistonlik sayyohlarga uyuştirilgan hujumga javoban Hindiston armiyasi 7 mayga ötar keçasi «Sindur operatsiyasi»ni boşladi. Pokiston tomonining malumotlariga köra, aviazarbalar oqibatida 26 kişi halok bölgan, yana önlab kişilar jarohatlangan.