Hindiston va Pokiston bir-biriga aviazarba yölladi
7-05-2025, 09:10
361 марта
Hindiston va Pokiston bir-biriga aviazarba yölladi Hindiston rasmiylari 7-mayga ötar keçasi Pokistondagi, şuningdek, Kaşmirning Pokiston qismidagi “terrorçilik” infratuzilmasiga hujum qilib, “Sindur” operatsiyasini boşlaganini elon qildi.
Hindiston Mudofaa vazirligi bayonotiga köra, armiya Pokistondagi 9 ta obektga zarba bergan. Ularning harakatlari “aniq, vazmin va eskalatsiyaga yönaltirilmagan” bölgan. Hujumda “Pokiston qurolli kuçlarining birorta ham obekti nişonga olinmagani” aytilgan. Zarbalardan söng Hindiston armiyasining X ijtimoiy tarmoğidagi sahifasida “Adolat tantana qildi” degan post elon qilingan
Pokiston armiyasi zarbalar terrorçilarga emas, balki tinç aholi yaşaydigan hududlarga berilganini malum qilgan. Mamlakat havo hududini 48 soatga yopgan. Hindiston hujumi oqibatida kamida 8 kişi halok bölgan, 35 kişi jarohatlangan.
Pokiston boş vaziri Şahboz Şarif buni “uruş akti” deb atagan va Hindistonga javob qaytarişga vada bergan.
Makkor duşman Pokistonning beşta nuqtasiga qabihona zarba berdi. Pokiston tegişli javob berişga töliq haqli va bu tegişli javob allaqaçon berilmoqda, degan boş vazir.