Çexiya Prezidenti Rossiya samolyotlarini urib tuşirişga çaqirdi
21-09-2025, 12:21
385 марта

Çexiya Prezidenti Rossiya samolyotlarini urib tuşirişga çaqirdi
Çexiya Prezidenti Petr Pavel Rossiya kuçlari tomonidan havo hududi buzilgan mamlakatlarga Rossiya samolyotlarini urib tuşirişni maslahat berdi. Davlat rahbarining bu haqdagi sözlarini “Novinky” naşri keltirdi.Uning sözlariga köra, NATO davlatlari havo hududining buzilişi Yevropadagi keskinlikni jiddiy darajada oşirmoqda. Unga köra, bunday harakatlarga nisbatan tegişli tarzda javob beriş zarur, jumladan, zarur bölsa, Rossiya samolyotlarini urib tuşiriş imkoniyati ham mavjud. Pavelning takidlaşiça, yovuzlikka yöl berib, bir çekkada çekinib yotiş mumkin emas.
“NATO tegişli javob çoralarini körişi kerak. Şu jumladan, harbiy çoralarni ham. Rossiya juda tezda şuni anglab yetadi: ular xato qildi va ruxsat etib bölmaydigan çegaradan oşib ötdi. Afsuski, bu uruş çegarasida muvozanat saqlaşni talab qiladi. Biroq yovuzlikdan çekiniş mumkin emas”, degan Petr Pavel.Prezidentning urğulaşiça, havo hududining buzilişi samolyotlarni urib tuşirişga asos böla oladi.
“Bunday buzilişlar mudofaa mexanizmlarini işga tuşirişga asos böladi, bu esa samolyotni urib tuşirişni ham öz içiga oladi. Buni na biz, na Rossiya tomoni istamagan”, deya qöşimça qilgan Prezident.