Isroilda minglab fuqarolar Ğazodagi uruşni töxtatişni talab qilib namoyişga çiqdi
21-09-2025, 18:00
100 марта

Isroilda minglab fuqarolar Ğazodagi uruşni töxtatişni talab qilib namoyişga çiqdi
20-sentybr kuni keçqurun minglab isroilliklar Tel-Aviv köçalariga çiqib, hukumatdan Ğazo sektoridagi uruşni töxtatişni va 715 kundan beri HAMAS guruhi tomonidan uşlab turilgan garovdagilarni ozod qilişni talab qildi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.Şuningdek, namoyişçilar AQŞ prezidenti Donald Trampga murojaat qilib, isroillik garovdagilarni qutqariş maqsadida vaziyatga aralaşişga çaqirgan.
Ğazo şahrida quruqlikdagi operatsiyadan taşqari, garovdagilarning qarindoşlari Isroilning HAMAS rahbariyati joylaşgan Qatarga havo hujumidan söng Ğazo böyiça vositaçilar orqali olib borilayotgan muzokaralar boşi berk köçaga kirib qolganidan taşvişda.
Xuddi şunday ommaviy norozilik aksiyasi Quddusda ham ötkazilgan. Uni 2023 yil 7 oktyabrda Falastinning HAMAS harakati tomonidan öğirlab ketilgan garovdagilarning oilalarini qöllab-quvvatlaş bilan şuğullanuvçi Isroil jamoat taşkiloti — Garovdagi oilalar forumi uyuştirmoqda.
Isroil rasmiylarining malumotlariga köra, Ğazoda 48 nafar garovdagi saqlanmoqda, ularning 20 nafari tirik deb hisoblanadi. Turli gumanitar say-harakatlar va maxsus operatsiyalar natijasida 200 dan ortiq garovdagi, şu jumladan halok bölganlarning jasadlari asirlikdan qaytarilgan.