Netanyaxu Rubioga Qohira ustidan şikoyat qildi. Isroil Misrning Sinay yarimorolidagi harakatlaridan xavotirda
21-09-2025, 18:02
86 марта

Netanyaxu Rubioga Qohira ustidan şikoyat qildi. Isroil Misrning Sinay yarimorolidagi harakatlaridan xavotirda
Isroil va Misr örtasida sovuqlaşgan munosabatlar keskinlik tomon bormoqda. Tel-Aviv Qohirani Sinay yarimorolida harbiy istehkomlar quriş va bu orqali 1979 yilgi tinçlik şartnomasini buzişda ayblayapti.
Axios naşrining yozişiça, Isroil boş vaziri AQŞ davlat kotibi bilan Quddusdagi uçraşuvda Misr ustidan şikoyat qilgan. Benyamin Netanyaxu Qohira Sinay yarimorolida öz harbiy infratuzilmasini rivojlantirayotganini aytgan.
Netanyaxu Rubioga Misr yarimoroldagi uçiş-qöniş yölaklarini kengaytirayotgani, şuningdek, yerosti inşootlari qurayotgani haqida malumotlar taqdim etgan. Ular raketalarni saqlaş uçun ombor sifatida xizmat qilişi mumkinligi taxmin qilingan.
