Isroildagi özbekistonliklar uçun mamlakatdan çiqiş yöllari malum qilindi
18-06-2025, 11:17
354 марта

Isroildagi özbekistonliklar uçun mamlakatdan çiqiş yöllari malum qilindi
Özbekistonning Isroildagi elçixonasi mamlakatni mustaqil ravişda tark etiş istagida bölgan özbekistonliklarga yöl körsatildi.Jumladan, ular quyidagi nazorat-ötkaziş punktlari orqali mamlakatni tark etişlari mumkin:
- «Menaxem Begin» / «Taba» — Isroil-Misr çegarasida joylaşgan (Isroilning Eylat va Misrning Taba şaharlari örtasida);
- «Şayx Xusayn» — Isroil-Iordaniya şimoliy çegarasida joylaşgan (Isroilning Bayt-Şean va Iordaniyaning Irbit şaharlari örtasida);
- «Itsxak Rabin» / «Vadi Arava» — Isroil-Iordaniya janubiy çegarasida joylaşgan (Isroilning Eylat va Iordaniyaning Akaba şaharlari örtasida).
Misr orqali – «Menaxem Begin»/ «Taba» nazorat-ötkaziş punkti (Eylat ş.)
Özbekiston fuqarolari uşbu punktni kesib ötib, Misrga vizasiz («Sinay kiriş muhri» orqali) kira oladilar. «Sinay kiriş muhri» - 14 kungaça faqat Sinay yarim oroli hududida böliş huquqini beradi (Qohira va boşqa şaharlarga safar qiliş mumkin emas).
21 yoşga tölmagan fuqarolarga ota yoki onalaridan biri hamrohlik qilişi şart.
«Taba»dan Şarm aş-Şayxgaça (270 km) avtobus yoki avtomobillarda harakatlaniş imkoniyati mavjud.
Aviaqatnovlar (Şarm aş-Şayx aeroportidan):
- «UzAirways»: Haftasiga 3 marta (seşanba, çorşanba, şanba, soat 12:35) Toşkentga.
- «Turkiş Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga (Istanbul xalqaro aeroportiga) (Toşkentga tranzit).
- «Pegasus Airlines»: Har kuni 1 yoki 2 marta Istanbulga («Sabixa Gyokçen» aeroportiga) (Toşkentga tranzit).
«Şayx Xusayn» (Bayt-Şean ş.) yoki «Itsxak Rabin»/»Vadi Arava2» (Eylat ş.) nazorat-ötkaziş punktlari.
Uşbu punkt orqali Iordaniya poytahtigaça borib, keyin quyidagi aviayönalişlardan foydalaniş mumkin:
- «Ummon – Istanbul – Toşkent»
- «Ummon – Dubay – Toşkent»
- https://www.moi.gov.jo
- https://moi.gov.jo/EN/Pages/Visa_E_Applications
- https://www.eservices.moi.gov.jo.
- Misrda (+202 333-617-23; +20 128 666-1441, eg.uzembassy@mfa.uz);
- Saudiya Arabistonida, örindoşlik asosida Iordaniyada (+966 11 263-5223, +966 56 721-7731, uzbembriyadh@gmail.com);
- Isroilda (+972 (3) 672-2466, 672-2371, 758-5075, 758-5076, (54) 485-1397, il.uzembassy@mfa.uz).