USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Dmitriy Kozak istefoga çiqdi. U boşidan Putinning safdoşi bölgan

136 марта

Dmitriy Kozak istefoga çiqdi. U boşidan Putinning safdoşi bölgan

Kozak Putin bilan 1990-yillarning boşidan buyon taniş bölib, u Putinning atrofidagilar orasida Ukrainadagi uruşga qarşi bölgan yagona şaxs edi.

Rossiya prezidenti administratsiyasi rahbari örinbosari Dmitriy Kozak istefoga çiqdi. OAV malumotlariga köra, Vladimir Putin hokimiyatga kelganidan beri uning jamoasida bölgan Kozak Ukrainadagi uruşga qarşi çiqqan, garçi buni yaşirinça qilgan bölsa ham.
Payşanba kuni keçqurun Rossiya prezidenti Vladimir Putin Kozakni lavozimidan ozod etiş töğrisidagi farmonni imzoladi. Bundan oldin Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov Kozak öz ixtiyori bilan ketayotganini aytgandi.

Bir kun avval bir neça naşrlar, jumladan, RBK va Forbes manbalarga tayanib, Kozak öz lavozimini tark etayotgani haqida xabar bergan edi.
RBK manbalariga köra, Kozak biznesga ötiş böyiça turli takliflarni körib çiqmoqda, bu sobiq yuqori martabali amaldorlar uçun odatiy holdir.
«Interfaks» manbalaridan birining takidlaşiça, Kozak nomzodi prezidentning Şimoli-ğarbiy federal okrugdagi işonçli vakili lavozimiga körib çiqilmoqda.
Bu lavozimda işlab kelgan Aleksandr Gutsan Igor Krasnov örniga boş prokuror lavozimiga ötişi mumkin (amaldagi boş prokuror Krasnov Rossiya Oliy sudi raisi lavozimiga ötmoqda).
Kozak Vladimir Putinning uzoq yillik safdoşlaridan biri bölib, yigirma yil davomida Kreml va Rossiya hukumatida muhim lavozimlarni egallab kelgan.
U 1990-yillar boşida Anatoliy Sobçak davrida Peterburg meriyasida Putin bilan birga işlagan. Sobçak 1996 yilgi saylovlarda mağlubiyatga uçragaç, Putin Moskvaga jönab ketgan, Kozak esa 1998 yilgaça Smolniyda işlaşda davom etgan.
1999 yilda Putin Rossiya hukumati raisi etib tayinlangaç, Kozak ham Moskvaga köçib ötadi va köp ötmay vazirlar mahkamasi apparatini boşqara boşladi. 2000 yilda Putin Rossiya prezidenti lavozimiga kirişganida esa Kozak uning mamuriyati rahbari örinbosari böladi.
Putin va Kozak 2003 yilda
Keyinroq Kozak Janubiy federal okrugda prezidentning işonçli vakili (va Şimoliy Kavkaz respublikalarida mojaroli vaziyatlarni hal qilişda iştirok etgan), şuningdek, mintaqaviy rivojlaniş vaziri hamda boş vazir örinbosari lavozimlarida işlagan, şu jumladan Soçi Olimpiadasiga tayyorgarlik köriş işlariga rahbarlik qilgan.
U prezident mamuriyatiga 2020 yilda Anton Vayno örniga rahbar örinbosari lavozimida qaytgandi.
Kozak, şuningdek, çegara hamkorligi va xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar böyiça boşqarmalar faoliyatiga rahbarlik qilgan, şuningdek, Ukrainadagi mojaroni «normand formati»da (Rossiya, Ukraina, Germaniya, Frantsiya) hal qiliş böyiça muzokaralarda Rossiya vakili bölgan.
Şu yilning avgust oyi oxirida Kremlda Kozak masul bölgan ikki boşqarma ham (xorijiy davlatlar bilan mintaqalararo va madaniy aloqalar hamda çegaraviy hamkorlik böyiça boşqarmalar) tugatilgandi. Ularning örniga prezident mamuriyati rahbarining birinçi örinbosari Sergey Kiriyenko kuratori bölgan strategik şeriklik va hamkorlik boşqarmasi taşkil etildi.
OAV yozganidek, Ukrainaning Kirovograd oblastida tuğilgan Kozak Putin atrofidagi Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişini qöllab-quvvatlamagan deyarli yagona yuqori martabali mulozim edi.
Xususan, Forbes manbasi Kozak 2022 yilda, «maxsus harbiy amaliyot» boşlanganidan keyin prezident mamuriyatidan ketişga tayyor bölganini aytgandi.
Reuters manbalari takidlaşiça, 2022 yil 21 fevralda Kozak Xavfsizlik kengaşi yiğilişining OAV uçun yopiq qismida Ukrainada harbiy harakatlar boşlanişiga qarşi çiqqan yagona mulozim bölgandi. U bunday qarorning mamlakat uçun salbiy oqibatlariga işora qilgan, biroq uning 40 daqiqalik nutqi rasmiy stenogrammaga kiritilmagan.
24 fevraldan keyin esa Kiyev bilan muzokaralar olib borgan va Moskva uçun printsipial masalalar (masalan, NATOga qöşilişdan boş tortiş) böyiça bir qator yon berişlarga erişgan. Biroq, Rossiya prezidenti oxir-oqibat kelişuvni rad etadi va uruşni davom ettirişni talab qiladi, deb yozgandi agentlik 2022 yil avgust oyida.
Gretsiya Olimpiya qömitasi prezidenti Spiros Kapralos Olimpiya maşalini RF hukumati raisi örinbosari Dmitriy Kozakka topşirmoqda. Afina, 2013 yil 5 oktyabr. Miçalis Karagiannis / Getty Images
U keyingi yillarda ham Vladimir Putinga töğridan töğri murojaat qilib, Rossiyada turli islohotlar, jumladan, sud-huquq islohotlarini ötkazişni taklif qilgan, biroq uning barça taşabbuslari etiborsiz qoldirilgan.
Kozak Ukrainadagi harbiy harakatlarga oçiqçasiga qarşi çiqqani haqida 2025 yil avgust oyida New York Times ham yozgan edi. Gazeta manbalariga köra, u şu yil Putinga öt oçişni töxtatiş va tinçlik muzokaralarini ötkaziş böyiça yana bir taklif bilan çiqqan.
Oxir-oqibat, Kozakning Ukrainadagi uruşga munosabati, aftidan, uning «Putinning hafsalasini pir qilişi»ga va prezidentga tasirini yöqotişiga va amalda barça vakolatlaridan mahrum bölişiga olib keldi – u deyarli omma oldida körinmay qöydi va «aslida heç narsaga masul emas», deb yozgandi New York Times.
Şu bilan birga, gazetaning bir neça manbalariga köra, Kozak «Putin bilan töğridan töğri aloqa boğlaş imkoniyatini saqlab qolgan», çunki Rossiya prezidenti «uzoq yillik hamkasblariga şaxsiy sadoqati» bilan ajralib turadi.
BBC rus xizmati manbalari 2022 yil bahoridayoq Kozakning amalda «ğazabga yöliqani» haqida gapirgan edi.
«Kozak byurokrat sifatida «normand formati»dagi işlarni, Minsk kelişuvlarini bajariş böyiça muzokaralarni davom ettiriş tarafdori edi. U yana vaqt kerak, şunda qandaydir muvaffaqiyatga erişiş mumkin, deb hisoblardi. Ammo bu vaqtga kelib, Papa allaqaçon boşqaça kayfiyatda edi», – degandi BBC suhbatdoşlaridan biri. Köplab rossiyalik amaldorlar Vladimir Putinni «Papa» deb ataydi.
Manbalar takidlaşiça, 2022 yilda Kozak masul bölgan yönalişlardan Ukraina çiqarib taşlangan, şuningdek, Dnestrböyini nazorat qiliş ham de-fakto xavfsizlik kuçlariga topşirilgandi.
Kozakning özi ham şu vaqtgaça omma oldida çiqişlar qilişdan tiyilib keldi. U Kremldan ketişi haqida ham izoh bermadi.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: