Portugaliya ham Falastinni rasman tan oldi
22-09-2025, 10:11
80 марта

Portugaliya ham Falastinni rasman tan oldi
Portugaliya Taşqi işlar vaziri Paulu Ranjel keça, 21 sentyabr kuni öz mamlakati Falastin davlatini rasman tan olganini elon qildi. Bu haqda vazirning bayonotiga tayangan holda "SIC Notícias" telekanali xabar berdi.Vazirga köra, Isroil–Falastin mojarosida uzoq muddatli va adolatli tinçlikka erişişning yagona yöli nizolarni yakunlaş va kelişuvga erişişdir.
Ranjel Portugaliya Isroil davlatini ham tan olişini alohida qayd etgan. Şuningdek, u Portugaliya va Isroil xalqlari örtasidagi “döstlik”ni tilga olib, 7 oktyabr kuni HAMAS tomonidan sodir etilgan hujumlarni keskin qoralagan. Vazir, şuningdek, HAMAS qölida qolayotgan isroilliklarni darhol ozod qilişni, halok bölganlarning jasadlarini esa oilalariga topşirişni talab qilgan.
Xuddi şu kuni Kanada, Avstraliya va Buyuk Britaniya ham Falastin davlatini tan olganini malum qildi. Buyuk Britaniya Boş vaziri Kir Starmer bu qaror HAMAS uçun “mukofot emas”ligini takidlab, ularga Falastin yerlarida joy yöqligini aytgan. Avstraliya Boş vaziri Entoni Albaneze va Kanada hukumati rahbari Mark Karni ham HAMASning harakatlarini tanqid ostiga olgan.
Isroil Prezidenti Itsxak Gertsog esa bu qarorlarni tanqid qilib, ularning na biror falastinlikka yordam berişini, na garovdagilarni ozod qilişga xizmat qilişini aytgan.