USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲ USD: 12,004 söm ▲ EUR: 13,156 söm ▼ RUB: 147 söm ▲ GBP: 15,721 söm ▼ CNY: 1,797 söm ▲ KZT: 26 söm ▼ TRY: 237 söm ▲ AED: 3,268 söm ▲

Saytdan izlash

Maxfiylik siyosati

Saytimizdan foydalanishda sizga eng yaxshi tajribani taqdim etish uchun biz cookie-fayllardan foydalanamiz. Saytimizdan foydalanishda davom etish orqali siz Maxfiylik siyosati va Foydalanish shartlari ga rozilik bildirgan bo‘lasiz.

Eng katta oltin zaxirasiga ega davlatlar qaysilar?

390 марта
Eng katta oltin zaxirasiga ega davlatlar qaysilar?

Jahon oltin kengaşining 2025 yil II çoragi böyiça malumotlariga köra, eng köp oltin zaxirasiga ega davlatlar röyxatida AQŞ 8 133 tonna bilan yetakçilik qilmoqda. Keyingi örinlarni Germaniya, Italiya va Frantsiya egalladi. Özbekiston esa 367,6 tonna qimmatbaho metall zaxirasi bilan 16-örinda.

Jahon oltin kengaşi (World Gold Counsil) sentyabr oyi boşida elon qilgan hisobotga köra, TOP-10 eng katta oltin zaxirasiga ega davlatlar quyidagiça:

1. Amerika Qöşma Ştatlari


2025 yil ikkinçi çoragida AQŞning oltin zaxiralari 8 133,46 tonnani taşkil etdi. Bu körsatkiç birinçi çorakdagi bilan bir xil. 2000–2025 yillarda AQŞ zaxiralari örtaça 8 134 tonna atrofida bölgan. Eng yuqori körsatkiç 2001 yilning III çoragida (8 149,05 tonna), eng pasti esa 2005 yilning III çoragida qayd etilgan.
2. Germaniya
Germaniyaning oltin zaxiralari 2025 yil II çoragida biroz kamayib, 3 350 tonnani taşkil etdi. Birinçi çorakda bu körsatkiç 3 351 tonna edi. 2000–2025 yillarda mamlakat zaxiralari örtaça 3 398 tonna bölgan.
3. Italiya
Italiyada oltin zaxiralari barqaror bölib qolmoqda. 2025 yilning I va II çoraklarida ham 2 451 tonnani taşkil etdi. 2000 yildan buyon körsatkiç deyarli şu atrofda saqlanib kelmoqda.
4. Frantsiya
Frantsiyaning oltin zaxiralari ham 2025 yil II çoragida 2 437 tonna bölib, avvalgi çorakdagidek qoldi.
5. Rossiya
Rossiyaning oltin zaxiralari II çorakda 2 329 tonnani taşkil etdi. Bu körsatkiç birinçi çorakdagidan farq qilmadi. 2000–2025 yillarda Rossiya zaxiralari örtaça 1 181 tonna bölgan.
6. Xitoy
Xitoyning oltin zaxiralari taxminan 2 279 tonna. Bu katta körsatkiç sanalsa-da, mamlakatning umumiy xalqaro zaxiralaridagi uluşi katta emas — atigi 6,8 foiz.
7. Şveytsariya
Şveytsariya kiçik davlat bölişiga qaramay, unda 1 040 tonna oltin zaxirasi mavjud. Mamlakat moliyaviy markaz sifatida ahamiyatga ega hamda tarixan neytral siyosat yuritişi bilan maşhur. Bu omillar uning oltin zaxiralarida muhim ahamiyat kasb etadi.
8. Hindiston
Hindistonning oltin zaxiralari 2025 yilda rekord daraja — 880 tonnani taşkil etdi. 2000–2025 yillarda bu körsatkiç örtaça 531 tonna atrofida bölgan. Eng past körsatkiç 2001 yil II çoragida — 357,75 tonna qayd etilgan.
9. Yaponiya
Yaponiyaning oltin zaxiralari 846 tonna. Bu ham Xitoy kabi mamlakat umumiy zaxiralarida katta uluşni taşkil etmaydi — atigi 6,9 foiz.
10. Turkiya
Turkiya 637 tonna oltin zaxirasi bilan kuçli öntalikni yakunladi. Bu yerda oltinning umumiy zaxiralardagi uluşi yuqori — 44,3 foiz.

Özbekiston körsatkiçi
WGC malumotlariga köra, Özbekiston 363,9 tonna oltin zaxirasi bilan davlatlar orasida 16-örinda. Biroq hisobotda Xalqaro valyuta jamğarmasi ham subekt sifatida kiritilgan va u 2 814 tonna oltin bilan 3-örinda qayd etilgan. Şu bois, umumiy röyxatda Özbekiston 17-örinni egalladi.

Şu bilan birga, Özbekiston umumiy zaxiralar tarkibida oltin uluşi juda yuqori bölgan davlatlardan biri. Bu körsatkiç 79,3 foizni taşkil etadi. Zaxiralar tarkibida oltin uluşi 70 foizdan yuqori bölgan davlatlar qatorida AQŞ, Germaniya, Italiya, Frantsiya, Livan, Venesuela va Boliviya ham bor.

Изоҳ қолдириш

Мавзуга алоқадор: